Eslatib oʻtamiz, Butunjahon Islom ulamolari 28 avgust, payshanba kunini Falastin xalqini qoʻllab-quvvatlash uchun roʻza tutish va duo kuni, deb eъlon qilishdi. Ummat ulamolar bilan birgalikda roʻza tutishga va mazlum birodarlari haqqiga duo qilishga chorlandi.
Hujjatga koʻra, davlat organlari mansabdor shaxslari nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga qonunga zid ravishda aralashgan taqdirda, ularga BHMning 7 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solinadi. Shuningdek, homiylik xayriyalarini yigʻish tartibini buzgan fuqarolarga — BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — 5 baravaridan 7 baravarigacha jarima belgilangan.
Suv taqchilligi yuqori boʻlgan hududlardan biri – Surxondaryoning Qumqoʻrgʻon tumanidagi “Janubiy Surxon suv ombori”da ham 140 mlrd soʻmlik ekoturizm kompleksi quriladi.
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning taklifiga binoan Iordaniya podshohi Abdulla II ibn al-Husayn 25-26 avgust kunlari mamlakatimizda boʻladi. Uning tashrifiga bagʻishlangan asosiy tadbirlar Samarqand shahrida boʻlib oʻtadi.
Navoiy va Toshkent viloyatlarida joylashgan “Temirchi”, “Terekli” va “Pirali” oltin konlari auktsion orqali sotildi. Ularning umumiy qiymati 20 million AQSh dollaridan oshadi.
“Biz har qanday vaqtda urushga tayyor turishimiz lozim, chunki dunyodagi jarayonlarning kechishi shunday tezki, ertaga nima boʻlishini oldindan aytib boʻlmaydi”, degan Ozarbayjon prezidenti.
DXXga koʻra, ular ijtimoiy tarmoqlarda noqonuniy kanallar ochib, terrorchilik tashkiloti gʻoyalarini targʻib qiluvchi materiallarni tarqatib kelgan.
Namangan viloyatida uy sharoitida bolalarga diniy taъlim berib kelayotgan shaxslar faoliyatiga chek qoʻyildi. Bunday holatlar Namangan shahri, Yangi Namangan, Uychi va Toʻraqoʻrgʻon tumanlarida aniqlangan. Taъlim beruvchilarga ham, ota-onalarga ham tegishli choralar koʻrilgan. Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda hamon 18 yoshdan kichik bolalarning diniy taъlim olishi uchun hech qanday qonuniy yoʻl mavjud emas.
Afgʻonistonning Da Afghanistan Breshna Sherkat (DABS) energetika kompaniyasi va Oʻzbekiston elektr taъminoti sohasida toʻrtta loyiha boʻyicha shartnoma imzoladi.
Qoʻqon shahrining Degrezlik mahallasi hududida maxsus tayyorlangan xonalarda qimor oʻyini tashkil etilgani aniqlandi. Tekshiruvda 10 nafar oʻyin ishtirokchisi va 1 nafar tomoshabin qimor oʻyinida ishtirok etgani maъlum boʻlgan. Tadbir davomida jami 4 mln 128 ming soʻm pul mablagʻi, 14 dona stakancha, 2 dona “shashqol” oʻyini uchun moʻljallangan surup daliliy ashyo sifatida olingan.