Qoʻqon shahrining Degrezlik mahallasi hududida maxsus tayyorlangan xonalarda qimor oʻyini tashkil etilgani aniqlandi. Bu haqda Fargʻona viloyati IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Tekshiruvda 10 nafar oʻyin ishtirokchisi va 1 nafar tomoshabin qimor oʻyinida ishtirok etgani maъlum boʻldi. Oʻyinlarda “shashqol” otilib, har bir oʻyinga 5 000–10 000 soʻm miqdorida pul tikilgan.

Tadbir davomida jami 4 mln 128 ming soʻm pul mablagʻi, 14 dona stakancha, 2 dona “shashqol” oʻyini uchun moʻljallangan surup daliliy ashyo sifatida olingan.

Holat yuzasidan qoʻshimcha surishtiruv harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Mavzuga aloqador