28 avgust – Falastin xalqini qoʻllab-quvvatlash uchun roʻza va duo kuni
Eslatib oʻtamiz, Butunjahon Islom ulamolari 28 avgust, payshanba kunini Falastin xalqini qoʻllab-quvvatlash uchun roʻza tutish va duo kuni, deb eъlon qilishdi. Ummat ulamolar bilan birgalikda roʻza tutishga va mazlum birodarlari haqqiga duo qilishga chorlandi.
"Bugun musulmonlar nafaqat zamonaviy, balki butun insoniyat tarixi koʻrmagan eng ulkan fojealardan biriga duch keldi. Ikki yarim milliondan ziyod odam Gʻazoda total genotsidga duchor etilmoqda. Ular halokatli qurollar bilan oʻldirilmoqda, ochlik va tashnalikka mahkum etilmoqda. Kasallik va qiyinchiliklar qarshisida yolgʻiz qoldirilmoqda. Bundan ham ogʻiri – bu qatagʻon yigirma ikki oydan beri toʻxtovsiz davom etyapti!
Tarixda ilk bor, butun dunyo koʻz oʻngida, sionist-terrorist hukumat ochiqdan-ochiq eъlon qilingan rejasi asosida butun bir xalqni qiryapti. Masjid, shifoxona, maktabdan tortib uylar va lagerlargacha vayron qilindi; hayot uchun zarur boʻlgan barcha yoʻllar buzildi; insoniy hayotning barcha izlari yoʻq qilindi. Gʻazo hayot makonidan oʻlim makoniga aylantirildi.
Bu jinoyatlar faqat Gʻazo bilan chegaralanmaydi. Butun dunyo koʻz oʻngida ular "Vaъda qilingan zamin: Buyuk isroil" deb atalgan yolgʻon loyiha doirasida yanada koʻproq musulmon zaminini egallashini ochiq aytishmoqda. Ular mintaqaning musulmon mamlakatlariga, ayniqsa Urdun va Misrga tahdid qilmoqda. Shu bilan birga, paygʻambarimiz Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) Isro va Meъroj kechasida koʻtarilgan ilk qiblamiz – Masjidul Aqsoni buzish arafasida; uning oʻrnida oʻzlari uchun "ibodatxona" qurmoqchi", deyiladi ulamolar bayonotida.













