"Janubiy Surxon" suv ombori hududida ham sayyohlik majmuasi quriladi
Suv taqchilligi yuqori boʻlgan hududlardan biri – Surxondaryoning Qumqoʻrgʻon tumanidagi “Janubiy Surxon suv ombori”da ham 140 mlrd soʻmlik ekoturizm kompleksi quriladi.
OʻzAning xabar berishicha, hududda ekoturizm majmuasini qurish uchun 15,7 gektar maydon ajratilgan.
Yirik suv omboridagi ekoturizm maskanida kottej uylar, basseyn, avtoturargoh va avtomobillarni yuvish shoxobchalari, savdo, umumiy ovqatlanish va boshqa maishiy xizmat koʻrsatish nuqtalari, suv usti ayvonlari qad rostlaydi.
Oldinroq, poytaxt aholisini suv bilan taъminlaydigan Chorvoq suv ombori etagidagi 577 gektar er maydoni "See breeze Uzbekistan" MChJ ga 25 yilga toʻgʻridan-toʻgʻri ijaraga berilgandi. Bu hududda yirik sayyohlik majmuasi qurilmoqda. Ekologlar bu inshootning qurilishi tabiyatga ziyon etkazishidan ogohlantirgandi.













