Oʻrta Osiyo xalqlari “Azon” vaqfi vasiylar kengashi raisi, “Azon” loyihalari asoschisi, ustoz Mubashshir Ahmad (Alisher Tursunov) ishi boʻyicha sud kuni aniq boʻldi. Sud 2025 yil, 19 avgust, seshanba kuni soat 15:00da Jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent shahar Uchtepa tumani sudida, sudya Bobur Rahimov raisligida boshlanadi. Sudning ochiq yoki yopiq oʻtishi hozircha nomaъlum.
Poytaxt IIBB matbuot xizmatining maъlum qilishicha, 14 avgust kuni soat 22:35lar atrofida Yangihayot tumani “Yangi Choshtepa” mahallasida 2001 yilda tugʻilgan R.B. va 2006 yilda tugʻilgan A.F., T.A., M.A. doʻkondan spirtli ichimlik xarid qilib, pulini toʻlamasdan ketmoqchi boʻlgan. Doʻkon egasi esa ularni toʻxtatib, toʻlovni amalga oshirishlarini soʻragan.
Qozogʻiston prezidenti Qosim-Joʻmart Toʻqaev davlat lavozimlariga tayinlovlar meritokratiya (shaxsning qobiliyati, bilimi va yutuqlariga qarab mavqe berish) tizimiga asoslanishini maъlum qildi.
15 avgustdan boshlab, Respublika boʻyicha maktab va maktabgacha taъlim muassasalarida "Majburiy mehnatga qarshi kurashish haftaligi" eъlon qilindi. Mehnat inspektsiyasi barcha taъlim muassasalarida nazorat tadbirlari oʻtkazadi. Bildirilishicha, soʻnggi kunlarda oʻqituvchi va murabbiylarni majburiy mehnatga jalb etish holatlari koʻpaygan.
Oʻzbekistonga olib kelingan falastinlik fuqarolarga doimiy gʻamxoʻrlik va ijtimoiy koʻmak koʻrsatiladi.
Saudiyadan Islom tsivilizatsiyasi markazida namoyish etish uchun 13 ta nodir va qimmatbaho eksponat olib kelindi. Eksponatlar 2025 yil sentyabridan 2026 yil mart oyigacha Oʻzbekistonda namoyish etiladi.
Qator davlatlarda, xususan Rossiyada mehnat migrantlarini qurolli harakatlar uchun yollash holatlari koʻpaymoqda. Migratsiya agentligi xorijdagi Oʻzbekiston fuqarolarini bu kabi mojarolarda ishtirok etishi jinoiy javobgarlikka olib kelishidan ogohlantirdi.
Prezident tomonidan imzolangan qonunga muvofiq, Jinoyat kodeksining 229-2-moddasiga oʻzgartish kiritilib, maxsus diniy maъlumotsiz, diniy tashkilotning markaziy boshqaruv organidan ruxsatsiz yoki xususiy tartibda diniy taъlim berish jinoyat deb belgilandi. Bunday harakatlar uchun 50 dan 100 BHM gacha (20,6 mln soʻmdan 41,2 mln soʻmgacha) jarima, 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari, uch yilgacha tuzatish ishlari, uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.
Oldinroq, Jogorku Kenesh deputatlari "Qirgʻiziston Respublikasi Jinoyat kodeksiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida"gi qonun loyihasini uch oʻqishda qabul qildi.
Endi din ishlari boʻyicha qoʻmitaga kelib tushgan murojaatlar yoki shu kabi qoʻlga kiritilgan maъlumotlar asosida masъul xodimlar "Sirli mijoz" tadbirida ishtirok etishadi. Yangi nizomga koʻra, qoʻmitaning masъul xodimlari oʻzini mijoz sifatida tanishtirgan holda "Umra" xizmatlarini noqonuniy amalga oshirishda gumon qilinayotgan jismoniy yoki yuridik shaxslar faoliyatini tekshiradi. Tadbir davomida noqonuniy faoliyati koʻrsatayotganlikda gumon qilinayotgan jismoniy yoki yuridik shaxsga oid maъlumotlar toʻplanadi.