Xitoy Ikkinchi jahon urushidagi gʻalaba paradiga jiddiy tayyorgarlik koʻrayotgani va ushbu siyosiy tadbirga Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev ham qatnashishi haqida xabar bergandik.
Turkmaniston hukumati mamlakatda sigaret chekish 2025-yil oxirigacha toʻliq taqiqlanishini maъlum qildi.
Oʻzbekistonda import qilingan elektromobillarning deyarli 99% Xitoy brendlariga tegishli, Tojikiston poytaxtidagi taksi xizmati ham toʻliq Xitoy elektr mashinalariga oʻtdi.
Hisobotda qaramlikning moliyaviy zararlaridan tashqari boshqa oqibatlari ham keltirilgan. Jumladan, chekishning oʻzidan kelib chiqadigan kasalliklarni davolash YaIMning 2,2 foiziga teng. Afsuski, soʻnggi 20 yilda aholi orasida sigaret isteъmoli 39 foizga ortib, yiliga 108 mlrd donadan 150 mlrd donaga etgan. Turkiyada yiliga 1,3 mlrd litr spirtli ichimlik isteъmol qilinadi — bu bevosita 5,5 mlrd dollar xarajatdir. Yoʻl-transport hodisalarining 22 foizi mast holda boshqaruv tufayli sodir boʻladi va iqtisodiyotga 15 mlrd dollar zarar etkazadi. Qimor oʻyinlari (ayniqsa, onlayn-kazino) esa eng xavfli illat sifatida qayd etildi. U nafaqat moliyaviy yoʻqotishlarga, balki oilalarning buzilishi, qarzdorlik, firibgarlik va jinoyatchilikning oshishiga olib kelmoqda.
Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi (TIV) "Oʻzbekiston fuqarolari dunyoning istalgan nuqtasida davlat himoyasida" ekanini bildirdi.
Xitoy Yaponiyaning Ikkinchi Jahon urushidagi magʻlubiyati munosabati bilan boʻlib oʻtadigan “Gʻalaba kuni” paradiga jiddiy tayyorgarlik koʻrmoqda. Ushbu parad Xitoy raisi Si Tszinьpin uchun yirik tadbirlardan biri hisoblanadi. Paradda eng soʻnggi zenit raketalari, jangovar dronlar va yadroviy ballistik raketalar ham namoyish etilishi kutilmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoev Oʻzbekiston mustaqilligining 34 yilligi arafasida jazoni oʻtayotgan, qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlgan bir guruh shaxslarni afv etish toʻgʻrisidagi farmonni imzoladi.
Mirziyoev musulmonlar idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarovga “Oliy darajali Imom Buxoriy” ordenini topshirdi. Qayd etilishicha, muftiy Oʻzbekiston mustaqilligini mustahkamlash hamda boshqa vatan ravnaqi yoʻlidagi koʻp yillik xizmatlari uchun taqdirlangan. Shuningdek, Xorazm va Andijon viloyatlari hamda Toshkent shahri bosh imom-xatiblari, poytaxtdagi "Minor" masjidi imom-xatibi ham "Imom Buxoriy" ordeniga sazovor boʻlgan.
Oʻzbekiston hukumati va Iordaniya hukumati oʻrtasida Ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha hukumatlararo qoʻshma komissiya tuzish toʻgʻrisida bitim, oliy taъlim va ilmiy tadqiqot sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bitim va turizm sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bitim imzolangan. Shuningdek, tomonlar oʻzaro ravishda kirish vizasi talabidan ozod qilish toʻgʻrisida kelishuvga erishgan hamda investitsiyalarni oʻzaro ragʻbatlantirish va himoya qilish toʻgʻrisida bitim tuzilgan. Bundan tashqari, Iordaniya Vaqf va islomiy ishlar vazirligi hamda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi oʻrtasida oʻzaro anglashuv memorandumi, Iordaniya Vaqflar va islomiy ishlar vazirligi hamda Oʻzbekiston Din ishlari qoʻmitasi oʻrtasida oʻzaro anglashuv memorandumi imzolangan.
Turkmaniston Xalq Maslahati raisi, sobiq prezident Gurbanguli Berdimuhamedov Fuzuliy shahrida masjid qurib berishga vaъda berdi, deya maъlum qildi Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliev.