Prezident Shavkat Mirziyoev Oʻzbekiston mustaqilligining 34 yilligi arafasida jazoni oʻtayotgan, qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlgan bir guruh shaxslarni afv etish toʻgʻrisidagi farmonni imzoladi. 

Hujjat bilan 523 nafar mahkum afv etilgan. Ulardan:

195 nafar shaxs jazodan butunlay ozod etilan;
147 nafari – shartli-erta;
87 nafarining jazosi engilrogʻiga almashtirilgan;
94 nafarining qamoq muddati qisqartirilgan.
Avf etilganlar orasida:

45 nafar ayol;
60 yoshdan oshgan 31 kishi;
30 yoshgacha boʻlgan 220 kishi, shu jumladan, bitta voyaga etmagan shaxs;
8 nafar chet el fuqarosi, xususan, Tojikistondan 6 nafar va Sьerra Leonedan 1 nafar shaxs;
15 nafar ilgari taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida ishtirok etgan shaxs hisoblanadi.

Barcha ozodlikdan mahrum etilganlar profilaktika va sinov daftariga joylashtiriladi. Ularga bir martalik moddiy yordam, zarur hollarda – tibbiy koʻrikdan oʻtish va davolanish, ishga joylashish, kredit va subsidiyalar olish, shuningdek, fuqarolik hujjatlarini rasmiylashtirishda koʻmak koʻrsatiladi.

Mavzuga aloqador