Oldinroq, prezident Shavkat Mirziyoevning farmoniga muvofiq, Oʻzbekiston mustaqilligining oʻttiz toʻrt yilligi munosabati bilan turli sohalar vakillari faxriy unvonlar, orden va medallar bilan mukofotlangan edi.

Bugun 27 avgust kuni Toshkent shahrida ushbu mukofotlarni topshirish marosimi boʻlib oʻtdi. Jumladan, Mirziyoev musulmonlar idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarovga “Oliy darajali Imom Buxoriy” ordenini topshirdi.

Qayd etilishicha, muftiy Oʻzbekiston mustaqilligini mustahkamlash hamda boshqa vatan ravnaqi yoʻlidagi koʻp yillik xizmatlari uchun taqdirlangan.

Shuningdek, Xorazm va Andijon viloyatlari hamda Toshkent shahri bosh imom-xatiblari, poytaxtdagi "Minor" masjidi imom-xatibi ham "Imom Buxoriy" ordeniga sazovor boʻlgan.

Mavzuga aloqador