Oʻzbekistonda homiylik xayriyalarini yigʻish tartibi belgilandi
Oʻzbekistonda homiylik xayriyalari tartibini aniq belgilashga qaratilgan yangi qonun qabul qilindi. (https://t.me/huquqiyaxborot/18475)
Hujjatga koʻra, davlat organlari mansabdor shaxslari nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga qonunga zid ravishda aralashgan taqdirda, ularga BHMning 7 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solinadi. Shuningdek, homiylik xayriyalarini yigʻish tartibini buzgan fuqarolarga — BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — 5 baravaridan 7 baravarigacha jarima belgilangan.
Yangi tartibga koʻra, homiylik xayriyalari oldindan belgilangan muddat davomida, aniq homiylik oluvchilar manfaatlari uchun amalga oshiriladi. Naqd pul shaklida xayriya yigʻish faqat xayriya qutisi orqali amalga oshiriladi. Qutilar qonuniy tartibda plombalanishi shart. Bank hisobvaragʻidan pul oʻtkazish esa qonun bilan belgilangan hollarda amalga oshiriladi.













