Prezident Serdar Berdimuhamedov mamlakatning jazoni oʻtash muassasalarida saqlanayotgan 321 fuqaro afv etilishi toʻgʻrisida farmonni imzolab, huquq-tartibot organlari rahbarlariga afv etilgan shaxslarning oʻz vaqtida oilalariga qaytishini tashkil etish boʻyicha topshiriq berdi.
Yangi eъlon qilingan World Happiness Report 2025 natijalariga koʻra, Oʻzbekiston eng baxtli mamlakatlar reytingida 6 pogʻona pastlab, 53 oʻringa tushdi. Markaziy Osiyoda Qozogʻiston 43 oʻrin bilan etakchilik qilmoqda. Finlyandiya esa sakkizinchi yil ketma-ket dunyodagi eng baxtli davlat deb topildi.
Istanbul meri va yana 105 kishi hibsga olingan tergov jarayoni fonida, Turkiya rasmiylari muxolifatning bosimi va tarqatilayotgan asossiz maъlumotlar haqida ogohlantirdi. Faxriddin Altun sud mustaqilligiga putur etkazishga urinayotgan harakatlarni tanqid qilib, fuqarolarni faqat rasmiy manbalarga ishonishga chaqirdi.
Turkiya Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan olib borilayotgan tergov harakatlari doirasida 106 nafar gumonlanuvchi, jumladan Istanbul shahar meri Akrom Imomoʻgʻliga nisbatan hibsga olish toʻgʻrisida qaror chiqarildi.
Yangi biznes boshlaganlar uchun qoʻllab-quvvatlash mexanizmini joriy etilmoqda. Endi ilk bor maъmuriy huquqbuzarlik sodir etgan tadbirkorlar javobgarlikdan ozod qilinib, kamchiliklarni bartaraf etish imkoniyatiga ega boʻladi.
Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻan 43 yil qamoqda saqlangan suriyalik uchuvchi Ragʻid at-Tatariga Xalqaro xayriya mukofotini topshirdi. U tinch aholini bombardimon qilish buyrugʻini bajarishdan bosh tortgani uchun Asad rejimi tomonidan qamalgan va ogʻir qiynoqlarga duchor qilingan edi.
Turkiyada Istanbul shahar hokimiyatiga qarshi keng koʻlamli operatsiya oʻtkazildi. Shahar meri Ekrem Imamogʻlu va 100 dan ortiq shaxs poraxoʻrlik, firibgarlik va jinoiy uyushmaga rahbarlikda ayblanmoqda. Muxolifat buni siyosiy tazyiq deb baholasa, hukumat tergov qonuniy ekanini taъkidlayapti.
2025 yil 1 sentyabrdan boshlab maktab va bogʻcha rahbarlari hamda oʻrinbosarlarining ish haqi sezilarli darajada oshiriladi. Bundan tashqari, maktab xodimlari uchun ragʻbatlantirish tizimi joriy etilib, mukofot puli miqdori koʻpayadi. 2026 yildan esa direktor va oʻrinbosarlar KPI natijalari asosida qoʻshimcha ustama oladi.
Oʻzbekistonda TEMU marketpleysi faoliyati tiklanishi kutilmoqda. Platforma rasman mahalliy yuridik shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtdi, ammo soliq va qonunchilik bilan bogʻliq ayrim masalalar hali toʻliq hal etilmagan. Hozirda yakuniy rasmiy qaror kutilmoqda.
Talaba Robiyaxon Muzaffarxonova 12 soat ichida Qurъoni Karimning 30 porasini yoddan oʻqib, xatm qilishga muvaffaq boʻldi. 2014 yildan buyon muassasada davom etib kelayotgan Qurъonni bir kunda yoddan tilovat qilish anъanasi bu yil ham yaxshi natijalar qayd etmoqda.