Toshkentdagi tungi klublardan birida yuz bergan janjal jiddiy oqibatlarga olib keldi. Natijada bir shaxs bosh miya jarohati bilan ogʻir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan. Hodisa boʻyicha esa jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Oxirgi paytlarda bunday zoʻravonliklar koʻpaygani jamoatchilikni tashvishga solmoqda. Xavfsizlik choralari kuchaytirilmasa, vaziyat yanada ogʻirlashishi mumkin.
Oʻzbekistonda shaxsni uning roziligisiz tasvirga olish taqiqlanishi mumkin. Adliya vazirligi qonunchilikka oʻzgartirishlar kiritishni taklif qilmoqda. Yangi normalar shaxsiy daxlsizlikni mustahkamlashni maqsad qilgan boʻlib, shaxs tasviridan foydalanish cheklovlar bilan tartibga solinadi.
Tibbiyot xodimlari bemorlarga yordam berish oʻrniga – ovoz yigʻish bilan band. Maktab oʻquvchilari esa dars oʻrniga – elektron platformada ovoz toʻplayapti. Oqituvchilar va davlat xizmatchilariga majburiy tarzda ovoz berish topshirigʻi yuklatilmoqda.
Qirgʻiziston va Tojikiston toʻliq kelishuvga erishib, nazorat-oʻtkazish punktlari qayta ochildi, aviaqatnovlar tiklandi. Ozarbayjon va Armaniston ham tinchlik shartnomasining barcha bandlari boʻyicha murosaga keldi. Bu kelishuvlar mintaqada barqarorlik va iqtisodiy taraqqiyot uchun qanday imkoniyatlar yaratadi?
Soʻnggi 4 yil ichida Oʻzbekistonda 600 ga yaqin yoʻl-transport hodisasi mast haydovchilar sababli sodir boʻlgan. 2024 yilning oʻzida esa, haydovchilik huquqidan mahrum qilinganlar tomonidan 405 ta YTH sodir etilgan. Bu jiddiy eъtirozlarga sabab boʻlib, jazoni kuchaytirish talabi oshib bormoqda.
Diniy qoʻmita Umra ziyoratini tashkil etish uchun tadbirkorlardan yangi arizalar qabul qilishini maъlum qildi. Biroq 1 million dollar zaxira talabi hali ham saqlanib qolgan.
Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov Markaziy Osiyo davlatlari uchun vizasiz rejim joriy etishni taklif qildi. Shu bilan birga, u Qirgʻiziston va Tojikiston oʻrtasidagi 101 yillik chegara muammosi barham topgani, Markaziy Osiyoda abadiy tinchlik oʻrnatilganini aytib oʻtdi.
Oʻzbekistonning «Navoiyuran» korxonasi Frantsiyaning Orano korporatsiyasi bilan Janubiy Jongeldi konida uran qazib olish boʻyicha yirik shartnoma imzoladi. Mutaxassislar mazkur hamkorlikni investitsiya va texnologiyalar jalb qilishda muhim qadam sifatida baholamoqda.
Prezidentlar bahsli hududlar boʻyicha kelishuvni imzolab, uzoq yillik ziddiyatga chek qoʻyishdi. Bu qadam mintaqa barqarorligiga qanday taъsir koʻrsatadi?
Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Tojikiston etakchilari uch davlat chegarasini aniqlash boʻyicha muhim shartnomani imzolashga kelishib oldi. 31-mart kuni Xoʻjandda imzolanadigan bu hujjat yillar davom etgan bahslarga barham berib, mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilishi aytilmoqda