Prezident Shavkat Mirziyoev Frantsiyaning oliy mukofoti - faxriy legion ordeni bilan taqdirlandi.
2025 yil 1 yanvarь holatiga koʻra, Rossiya koloniyalarida 30 mingdan ortiq xorijlik mahbus bor, ulardan 69,5 foizi Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolaridir.
Turkiyaning "Yeni Şafak" nashri oʻzbekistonliklarning aksariyati mamlakatda Xitoyning taъsiri ortib borayotgani va bunga hukumatning tomoshabin boʻlib turganidan norozi ekani haqida yozdi.
Xitoy poytaxtida xorijlik jurnalistlar ishtirokida tadbir tashkil qilib, Sharqiy Turkistondagi zulmlarini oqlashga urindi. Aslida, Pekin yillar davomida hududdagi etnik ozchilikni qatagʻon qilib, buni "uch yovuz kuch"ga qarshi kurash deb atab keldi. Bundan tashqari hukumat Islomni xitoylashtirishga qattiq kirishgan. Huquq himoyachilarining maъlumotlariga koʻra, taxminan 16 mingdan ortiq masjid buzilgan yoki vayron qilingan, saqlanib qolinganlari esa kafe, bar va boshqa koʻngilxushlik maskanlariga aylantirilgan.
Tarix sahifalarini varaqlasak, turkiy xalqlarning eng buyuk davrlari ular birlashgan paytlarga toʻgʻri kelishini koʻramiz. Buyuk Xoqonliklar, Oltin Oʻrda, Usmoniy saltanati, Chigʻatoy ulusi, Xiva va Qoʻqon xonliklari – bularning barchasi turkiy xalqlarning qudrati bir markazda jamlanganda gullab-yashnaganiga yaqqol misol.
Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov va Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon 12–13 mart kunlari Bishkekda boʻlib oʻtadigan muzokaralar davomida davlat chegarasini delimitatsiya qilish boʻyicha tarixiy kelishuvni imzolashlari rejalashtirilgan.
Samarqand viloyatida 3 ta tarixiy masjidning buzib tashlangani aniqlandi. Yana bir meъmoriy yodgorlik esa ruxsatsiz taъmirlanishi oqibatida yodgorliklarga jami 46,8 mlrd soʻmlik zarar etkazilgan.
Shavkat Mirziyoev Emmanuelь Makronning taklifiga binoan 11−13 mart kunlari davlat tashrifi bilan Frantsiyada boʻladi. Tashrif doirasida Parijda oliy darajadagi muzokara, tadbir va uchrashuvlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, davlat rahbari YuNESKO bosh direktori bilan ham uchrashadi.
Xitoy kompaniyasi Oʻzbekiston fuqarolarini taъlim va kasbiy faoliyatga tayyorlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatish markazini ochishni rejalashtirmoqda. «Yashil» energetika, qishloq xoʻjaligi, AKT, turizm kabi soha mutaxassislari uchun qayta tayyorlash va malaka oshirish dasturlari ham ishlab chiqiladi.
Evropa Ittifoqi (EI) tomonidan taklif qilingan 150 milliard evrolik mudofaa investitsiyalari rejasi Frantsiya va Germaniya oʻrtasida kelishmovchiliklarga sabab boʻldi. Berlin ushbu dasturga Turkiyani ham qoʻshishni taklif qilmoqda, Parij esa faqat evropalik ishlab chiqaruvchilarni moliyalashtirishni talab qilmoqda.