Qirgʻiziston va Tojikiston prezidentlari Bishkekda davlat chegarasi boʻyicha tarixiy kelishuvni imzolaydi
Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov va Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon 12–13 mart kunlari Bishkekda boʻlib oʻtadigan muzokaralar davomida davlat chegarasini delimitatsiya qilish boʻyicha tarixiy kelishuvni imzolashlari rejalashtirilgan.
Bu haqda Qirgʻiziston respublikasi prezidenti maъmuriyatining tashqi siyosat boʻlimi mudiri Muratbek Azimbakiev maъlum qildi.
Azimbakievning aytishicha, davlat tashrifi doirasida rasmiy tadbirlar, shuningdek, Qirgʻiziston prezidenti Sadyr Japarov, Jogorku Kenesh raisi Nurlanbek Turgunbek uulu va vazirlar mahkamasi raisi Adilbek Qasimaliev bilan ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, Sadyr Japarov va Emomali Rahmon tomonidan qoʻshma bayonot qabul qilinishi hamda davlat chegarasi toʻgʻrisidagi shartnoma va boshqa ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, 21 fevral kuni Qirgʻiziston va Tojikiston chegarani delimitatsiya qilish boʻyicha kelishuv imzolagan edilar. Qirgʻiziston-Tojikiston chegarasining uzunligi 980 kilometrdan ortiq boʻlib, 2002 yildan buyon delimitatsiya jarayoni davom etmoqda. Ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlar umumiy chegaradagi bahsli hududlar sababli bir necha bor keskinlashgan.













