Maъlumotlarga koʻra, NATO doirasida oʻtkaziladigan mashqlarda ishtirok etish uchun Isroil taklif qilingan, biroq Turkiya bu taklifga qarshi chiqqan va uni bekor qilgan. Bu qaror Anqara va Tel-Aviv oʻrtasidagi siyosiy keskinlik fonida qabul qilingan boʻlishi mumkin.
Ramazon oyi davomida bir guruh ulamolar, imom-domlalar va mohir qorilar chet eldagi vatandoshlar bilan maъrifiy suhbatlar qilish, Ramazoni sharif bilan qutlash, ularning diniy savollariga javob berish hamda taroveh namozida ishtirok etish maqsadida AQSh, Rossiya, Janubiy Koreya singari mamlakatlarda xizmat safarida boʻlib turishibdi.
50 dan ortiq ravvin AQSh prezidenti Donalьd Trampga Ibrohim kelishuvlarini kengaytirish hamda unga turkiy davlatlar – Ozarbayjon, Qozogʻiston va Oʻzbekistonni ham qoʻshish boʻyicha rasmiy murojaat bilan chiqdi. Ularning fikricha, bu qadam Isroil va musulmon davlatlari oʻrtasidagi munosabatlarni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Oʻlkamizda Ramazon oyining boshlanishi bilan ushbu kontseptsiya oʻzining qanchalar "qonuniy" kuchga ega ekanligini namoyish eta boshladi. Qonun bilan qabul qilingan kontseptsiyada davlat diniy tashkilotlar faoliyatiga aralashmasligi va fuqarolarning eъtiqodi va ibodatlariga teginmasligi belgilangan boʻlsa-da, Ramazonning ilk kunlaridan Musulmonlar idorasiga "kattalar"ning bolalarni masjiddan uzoqlashtirish boʻyicha aralashayotgani maъlum boʻldi.
Turkiyaning Baykar va Italiyaning Leonardo kompaniyalari uchuvchisiz uchoqlar texnologiyasini rivojlantirish boʻyicha 5 yillik hamkorlik kelishuvi imzoladi. Uchoqlar Turkiya va Italiyada ishlab chiqariladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Olmazor tumani xalq taъlimi boʻlimi (XTB) maъnaviyatchi metodisti tumandagi maktablar direktori oʻrinbosarlariga masjidga chiqqan oʻquvchilarning rasmi va u oʻqiyotgan maktab raqamini tashlab berishini soʻragan. Bundan tashqari, u maktablardan ajratilgan "masъullar"ning masjidga borib, huquq tartibot idoralari xodimlariga uchrashishini, oʻsha erdagi faoliyatini "dumaloq video" shaklida yuborishini vazifa qilib bergan. Bunga ham metodist yuqoridagilarning oʻziga tez-tez qoʻngʻiroq qilib, topshiriq ijrosini soʻrayotganini sabab qilib keltirgan. Oldinroq vatandoshlarimiz oʻzlarining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida kuch ishlatar tizim vakillariga qoʻshilib, 50 ga yaqin oʻqituvchilar ham masjidlar oldida ixtiyoriy-majburiy ravishda postda turgani, ular Allohning baytiga kelayotgan oʻquvchilarni rasmga olib, ortiga qaytarayotgani haqida yozgandi.
Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart Toqaev Olmaota aeroportida garovga olingan xodimani qutqarish uchun oʻz hayotini xavf ostiga qoʻygan mahalliy fuqaroning qahramonligini yuqori baholadi va uni mukofot bilan taqdirlashni buyurdi.
Sharqiy Turkistonda 1 milliondan ortiq uygʻur "qayta tarbiyalash" lagerlariga qamalgan, ular diniy va milliy shaxsini yoʻqotishga majburlanmoqda. Xalqaro tashkilotlar bu holatni "madaniy genotsid" deb baholasa-da, koʻp davlatlar Xitoy bilan iqtisodiy manfaatlari tufayli sukut saqlamoqda. Buning sabablari nimada?
Toshkent viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha oʻrinbosari otinoyilar bilan boʻlgan yigʻilishda hijobda yurish mumkin emasligi, otinoyilar ham roʻmolini orqadan oʻrashi kerakligini talab qilgan. U oʻz soʻzlarini Hanafiy mazhabida roʻmol orqadan oʻraladi, degan qoʻshtirnoq ichidagi fatvo bilan asoslashga uringan.
Prezident oʻzining tashabbuslari bilan amalga oshirilgan islohotlarni sanab oʻtar ekan, Shavkat Mirziyoev "nega bu ishlar Prezident topshiriq berganidan keyin boshlanishi kerak?" deya savol qoʻygan.