Turkiyaning etakchi uchuvchisiz uchoq ishlab chiqaruvchisi Baykar va Evropaning yirik mudofaa kompaniyalaridan biri boʻlgan Leonardo oʻrtasida uchuvchisiz uchoq texnologiyalari sohasida sheriklik kelishuvi imzolandi.

Ushbu hamkorlik 5 yilga moʻljallangan boʻlib, uchuvchisiz uchoqlarni loyihalash, ishlab chiqish va ishlab chiqarishni oʻz ichiga oladi. Ular Turkiya va Italiyada ishlab chiqariladi.

Tantanali imzolash marosimida Italiya mudofaa vaziri Gvido Krosetto, Baykar boshqaruv raisi Selьchuk Bayraktar va Leonardo bosh direktori Roberto Chingolani ishtirok etdi.

Rimdagi Leonardo bosh qarorgohida oʻtkazilgan tadbirda, Selьchuk Bayraktar:
"Biz birgalikda eng yaxshi tizimlarni ishlab chiqarishga qodirmiz, hamkorlik uchun minnatdormiz", – dedi.

Roberto Chingolani esa: "Bugun juda muhim kun", – deb taъkidladi.

27 dekabrь 2024 yil kuni Italiyaning Savdo va sanoat vazirligi Piaggio Aerospace aviatsiya kompaniyasini Baykar'ga sotishni tasdiqlagandi.

Bu kelishuv Evropa uchuvchisiz uchoq bozorining rivojlanishida muhim qadam boʻlishi kutilmoqda.

Mavzuga aloqador