Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart Toqaev Olmaota aeroportida garovga olingan xodimani qutqarish uchun oʻz hayotini xavf ostiga qoʻygan mahalliy fuqaroning qahramonligini yuqori baholadi va uni mukofot bilan taqdirlashni buyurdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi Ruslan Jeldibay Telegram”-kanalida maъlum qildi.

 

Hodisa juma kuni ertalab Qozogʻistonning ikkinchi yirik shahri aeroportida dramatik yuz berdi. Qayd etilishicha, pichoq bilan hujum qilgan shaxs oʻzini yoʻlovchi sifatida koʻrsatib, ichki terminalning parvoz oldi xavfsizlik zonasiga kirgan. Aeroport xodimlarining hujjatlarni koʻrsatish talabiga javoban jinoyatchi qoʻriqchining sochidan ushlab, oʻldirish bilan qoʻrqitib, unga pichoq tiragan.

 

Hodisaga yaqinlarini kutib olish uchun aeroportga kelgan erkak guvoh boʻlgan. U tajovuzkor bilan muzokaralar olib borgan va qizning oʻrniga oʻzini garovga olishini taklif qilgan. Bosqinchi bunga rozi boʻlgan.

 

Qulay fursatdan foydalangan fuqaro hujumchining qoʻlidan pichoqni tortib oladi. Shu zahotiyoq oʻsha erdagi xavfsizlik xodimlari jinoyatchini qoʻlga oladi. U 67 yoshli mamlakat fuqarosi boʻlib chiqdi. Uning maqsadi hozircha nomaъlum.

 

Erkakning jasorati eng yuqori darajada eъtirof etildi.

 

“Prezident jinoyatchini zararsizlantirgan odamning jasorati va mahoratini eъtirof etib, uni davlat mukofoti bilan taqdirlashni buyurdi”, — deb yozadi Jeldibay.

Mavzuga aloqador