Turkiya NATO mashqlarida Isroil ishtirokini taqiqladi
Izrailь rasmiylari Turkiyaning NATO tomonidan tashkil etilgan harbiy mashqlarda Isroil ishtirok etishiga veto qoʻyganini maъlum qildi. Bu haqda Yedioth Ahronoth nashri xabar tarqatdi.
Maъlumotlarga koʻra, NATO doirasida oʻtkaziladigan mashqlarda ishtirok etish uchun Isroil taklif qilingan, biroq Turkiya bu taklifga qarshi chiqqan va uni bekor qilgan. Bu qaror Anqara va Tel-Aviv oʻrtasidagi siyosiy keskinlik fonida qabul qilingan boʻlishi mumkin.
Turkiya–Isroil munosabatlari 7 oktyabrda Gʻazoda boshlangan harbiy nizo tufayli keskinlashgan. Turkiya hukumati Isroilning harbiy operatsiyalarini qattiq tanqid qilib, uni mojaroni kuchaytirishda ayblagan. Anqara xalqaro miqyosda Falastin masalasida faol pozitsiyani egallab, Gʻazoda tinch aholiga qarshi zoʻravonliklar toʻxtatilishini talab qilmoqda.
Bu Turkiyaning NATO doirasida Isroilga qarshi birinchi bunday qarori emas. 2010 yildagi "Marmara" hodisasidan keyin ham Anqara bir necha marta Tel-Avivni harbiy hamkorlikdan chetlashtirishga uringan.
Isroil hozircha rasmiy javob bergani yoʻq, ammo ushbu qaror ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlarni yanada taranglashtirishi mumkin.