Oʻzbekistonda yangi tadbirkorlar uchun “birinchi imkoniyat” tamoyili joriy etiladi
Prezident Shavkat Mirziyoev kichik va oʻrta biznes vakillari bilan uchrashuvda tadbirkorlarga qoʻllab-quvvatlashning yangi mexanizmi – “birinchi imkoniyat” tamoyili joriy etilishini aytdi.
Unga koʻra, ilk bor maъmuriy huquqbuzarlik sodir etgan tadbirkorlar javobgarlikdan ozod qilinib, ularga kamchiligini bartaraf etish uchun imkoniyat beriladi.
Prezidentning taъkidlashicha, yangi ish boshlagan tadbirkorlar birinchi xato uchun “javobgarlikdan sugʻurtalangan” boʻladi. Chunki faoliyatning dastlabki yilida ularga koʻmak berish muhim hisoblanadi.
Statistik maъlumotlarga koʻra, soʻnggi uch yil ichida 17,5 ming korxona tashkil etilgan boʻlsa, ularning aksriyati bir yilga etmasdan tugatilgan. Bu jarayon ayniqsa, Samarqand, Qashqadaryo, Xorazm va Jizzax viloyatlarida koʻp kuzatilayotgani qad etilgan.
Shuningdek, davlat boshqaruvini takomillashtirish maqsadida 15 ta tuman va shaharda barcha davlat idoralari yagona maъmuriy binoga joylashtiriladi. Natijada boʻshaydigan 150 ta binolar tadbirkorlarga auktsion orqali taklif etiladi.













