Turkiya Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan olib borilayotgan tergov harakatlari doirasida 106 nafar gumonlanuvchi, jumladan Istanbul shahar meri Akrom Imomoʻgʻliga nisbatan hibsga olish toʻgʻrisida qaror chiqarildi. Bu haqda Turkiya adliya vazirligi maъlum qildi.

Qayd etilishicha, ayni damda Bosh prokuratura tomonidan ikki tomonlama tergov harakatlari olib borilmoqda. Jumladan, Terrorizmga oid jinoyatlarni tergov qilish boʻyicha byurosi tomonidan olib borilayotgan tergov doirasida Istanbul shahar meri hamda yana  7 kishiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Ushbu shaxslar terrorchilik tashkilotiga yordam berishda gumonlanmoqda.

Bundan tashqari, boshqa tergov harakatlari Uyushgan jinoyatlarni tergov qilish byurosi tomonidan olib borilmoqda. Ushbu tergov doirasida ham 100 nafar gumonlanuvchi qoʻlga olingan.

Istanbul shahar meri va boshqa gumonlanuvchilar jinoiy uyushma tarkibida poraxoʻrlik, tovlamachilik, firibgarlik, noqonuniy ravishda boshqalarning shaxsiy maъlumotlarini oʻgʻirlash va boshqa jinoyatlarni sodir etgani aytilmoqda.

Ikkala tergov boʻyicha jami 106 nafar gumonlanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Bosh prokuratura bayonotidan maъlum boʻlishicha, tergov materiallari orasida tegishli hisobotlar, soliq ekspertizasi xulosalari, depozitlar haqida maъlumotlar, guvohlarning bayonotlari va boshqa dalillar mavjud. Tergov harakatlari har tomonlama puxta hamda sinchkovlik bilan olib borilmoqda.

"Shuni aytish joizki, Turkiya Respublikasi huquqiy davlatdir. Konstitutsiyamizning 9-moddasida sud hokimiyati turk millati nomidan mustaqil va xolis tarzda amalga oshirilishi belgilangan. Qonun oldida hamma tengdir, hech kimga ustunlik berilmaydi. Konstitutsiyamizning 138-moddasiga muvofiq sudlar mustaqildir. Hech bir organ, hokimiyat, maъmuriyat yoki shaxs oʻz yurisdiktsiyasini amalga oshirishda sudlarga va sudьyalarga buyruq va koʻrsatmalar bermaydi.

Jinoyat-protsessual kodeksining 157-moddasiga koʻra, tergov bosqichi yashirin hisoblanadi.

Ushbu maxfiylik odil sudlovning sogʻlom ishlashi, huquqbuzarliklarning oldini olish, aybsizlik prezumptsiyasi va hech kimning nomiga dogʻ tushirmaslik huquqi juda muhimdir", deyiladi vazirlik bayonnomasida.

Unga koʻra, qoʻzgʻatilgan tergovga nisbatan ish mazmunidan bexabar holda baho berish toʻgʻri emas.

"Xolis va mustaqil sud olib borayotgan tergovlarni turli tomonlarga tortish, toʻntaruv kabi iboralar bilan tavsiflash oʻta xavfli va xatodir.

Shuningdek, koʻchalarga chiqib surishtiruvlar haqida yolgʻon maъlumotlarni tarqatish, jamoatchilikni chalgʻitishga qaratilgan harakatlarni umuman qabul qilib boʻlmaydi.

Hamma bilishi kerakki, huquqiy davlatda, agar jinoyat sodir etilsa, himoya koʻchalarda emas, balki sud organlarida boʻladi. Jinoyat sodir etilganligi toʻgʻrisida dalillar mavjud boʻlgan taqdirda, bu haqda tegishli tergov harakatlari vakolatli sud organlari tomonidan amalga oshiriladi. Sud oldida hisob berish va himoyalanish har bir kishining huquqi va majburiyatdir.

Hurmatli doʻstlar, sud qoʻzgʻatgan tergov va ishlarni muhtaram Prezidentimizga bogʻlash, eng engil taъbir bilan aytganda, haddidan oshish, haddini bilmaslikdir.

Mamlakatimizda qonun, ijro, sud bilan kuchlar boʻlinishi muhimdir. Sud hech kimdan buyruq va koʻrsatma olmaydi.

Sudga hujum qilish, sudьyalarga tahdid qilish, ularni haqorat qilish demokratik huquqiy davlatda hech qachon qabul qilinmaydi", deya qoʻshimcha qilinadi adliya vazirligining bayonotida.

Mavzuga aloqador