Ulamolar kengashi Rajab va Shaъbon oylari 30 kun davom etgani sababli, Ramazon 29 kun boʻlishi ehtimoli yuqori ekanini taъkidlashmoqda. 27 mart kuni yakuniy qaror eъlon qilinishi kutilmoqda.
Turistik viza bilan ishga joylashgani uchun Saudiyada hibsga olingan oʻzbekistonliklar, jumladan ayollar va yoshlar diplomatik muzokaralar orqali ozod qilinib, 12-14 mart kunlari Oʻzbekistonga qaytarildi.
Maъlumotlarga koʻra, Qozogʻiston kompaniyasi 500 konteyner uran kontsentratini Sankt-Peterburg orqali Frantsiyaga etkazib beradi. Oʻzbekistonning “Navoiyuran” davlat korxonasi kelishuvga koʻra, bu uchun Qozogʻistonning TOO Logistic Centre kompaniyasiga 9 million evro toʻlaydi.
AQShning Camp Shelby harbiy-oʻquv bazasida boʻlib oʻtgan musobaqada oʻzbekistonlik harbiylar rekord natijalar qayd etdi. Ular 15 kg yuk bilan 20 km masofaga yugurish va boshqa sinovlarda mutlaq ustunlikni qoʻlga kiritdi.
Rasmiy manbalarda Suriyaning yangi hukumati harbiy bazalarni tiklayotgani, Turkiya esa Palmira yaqinidagi hududlarga taъsirini oshirayotgani aytilmoqda. Tahlilchilarga koʻra, bu jarayon mintaqadagi geosiyosiy muvozanatni oʻzgartirishi mumkin. Isroil tomoni esa, ikki mamlakat munosabatidan xavotirda.
Rasmiylarga koʻra, bu taqiq Qurbon hayiti bayramiga ham taalluqli. Hukumat esa, bunga xavfsizlik masalalarini sabab qilib, ota-onalarni farzandlariga nisbatan nazoratni kuchashtirishga chaqirmoqda. Ammo koʻp yillik anъananing bekor qilinishi jamoatchilik oʻrtasida bahslarga sabab boʻlyapti.
Oʻzbekiston yaqinlashib kelayotgan Ramazon hayiti munosabati bilan Afgʻonistonga qariyb 200 tonna insonparvarlik yordami yubordi. Oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat yuk Balx viloyatiga etkazilib, Hayraton shahrida rasmiylar ishtirokida topshirilgan.
Tojikiston prezidenti tomonidan eъlon qilingan afv farmoniga muvofiq bir guruh mahkumlar ozodlikka chiqdi. Ular orasida ayollar, erkaklar va voyaga etmagan shaxslar ham bor.
Ozarbayjon va isroil soʻnggi yillarda strategik, iqtisodiy va harbiy jihatdan muhim ittifoqdoshlarga aylanishdi. Albatta, aksar aholisi shia musulmonlaridan iborat boʻlgan ozarlarning Gʻazoda begunoh falastinliklar qonini toʻkayotgan sionistlar bilan osh-qatiq boʻlishi koʻpchilikning eъtiborini tortmasdan qolmadi. Ushbu maqolamizda ozarlar va yahudlar "doʻstligi"ni tanqid qilmoqchi emasmiz, balki ikki davlatning yaqin hamkorligi sabablariga toʻxtalamiz.
Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻan Istanbul meri idorasidagi tergov boʻyicha bayonot berib, muxolifatni javobgarlikdan qochishda aybladi. “Biz bunday siyosiy spektakllarga vaqt ajratmaymiz”, – dedi davlat rahbari.