Prezident Shavkat Mirziyoev Ramazon hayiti munosabati bilan qilgan jinoyatidan chin koʻngildan pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga oʻtgan 488 nafar mahbusni afv etish toʻgʻrisida farmon imzoladi.
Ceoworld Magazine jurnalining sogʻliqni saqlash tizimi sifati boʻyicha eъlon qilgan reytingida Oʻzbekiston 110 davlat ichida 64-oʻrinni egalladi. Mamlakat 36,26 indeks koʻrsatkichiga ega boʻlib, bu Markaziy Osiyo va MDH davlatlari orasida oʻrtacha natija hisoblanadi.
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati joriy yilning 30 mart kuni oʻqiladigan Ramazon hayiti namozining rasmiy vaqtlari belgilanganini maъlum qildi.
Oʻzbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi elchixonasi mahalliy oʻzbekistonliklarga ommaviy yigʻin va mitinglarda ishtirok etmaslik haqida ogohlantirish eъlon qildi
Oʻzbekistonda 2025 yilgi Ramazon hayiti 30 mart – yakshanba kuni keng nishonlanadi. Bu haqda Prezident qarori qabul qilindi.
Oʻzbekiston xalqaro “Brand Finance” kompaniyasining reytingida ikki pogʻona yuqoriladi. Markaziy Osiyo davlatlari orasida Qozogʻiston 43 oʻringa, Ozarbayjon 82 oʻringa, Qirgʻiziston esa 127 oʻringa koʻtarildi. Turkmaniston esa 76 oʻrindan 80 oʻringa pasaydi.
2024 yil 22 dekabr kuni uch nafar Oʻzbekiston fuqarosi yaqin qarindoshining taklifi bilan BAAga borgan va ijara uyiga joylashgan. Biroq ularni taklif qilgan shaxs 23 fevralь kuni hech qanday tushuntirishlarsiz Qatarga chiqib ketgan va aloqani uzgan. Buning oqibatida ayollar ijara haqini toʻlay olmay, qiyin ahvolga tushgan.
Anqara bunday kelishuvlar bilan oʻz harbiy mavqeini mustahkamlar ekan, isroil bu jarayonni xavf sifatida baholab, AQSh bilan muzokaralar oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrmoqda. Turkiyaning Suriyadagi ishtiroki kengayishi Yaqin Sharqdagi geosiyosiy vaziyatga qanday taъsir etadi?
Prezident Shavkat Mirziyoev “Koʻksaroy” qarorgohida iftorlik tashkil etib, Ramazon oyining muqaddasligi, millatlararo bagʻrikenglik va hamjihatlik haqida soʻz yuritdi. Shuningdek, vijdon erkinligi, islom madaniyati merosi va ekologik tashabbuslar muhokama qilindi.
Bugun, 25 mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoev iftorlik tadbirida ishtirok etadi.