Tojikiston hukumati bolalarga Ramazon hayiti bayramini nishonlashni taqiqladi
Dushanbe shahar taъlim boshqarmasi ota-onalarni Ramazon hayiti bayrami paytida bolalarga “Idgardak”da qatnashishga ruxsat bermaslikka chaqiruvchi farmoyish chiqardi.
Rasmiylar ushbu taqiqni xavfsizlik bilan izohlab, yoʻl-transport hodisalari, bolalarning yoʻqolib qolishi va ularga etarli darajada eъtibor berilmasligi ehtimoliga ishora qilmoqda.
Idgardak — bu koʻp yillik anъana boʻlib, unda bolalar bayram paytida uyma-uy yurib, bir-birlarini tabriklaydi va shirinliklar, konfetlar, shokolad va shunga oʻxshash sovgʻalarni oladi.
Hukumat vakillari idgardakka qoʻyilgan taqiq Qurbon hayiti bayramiga ham tegishli ekanligini eslatib, buni Tojikiston Respublikasining “Anъanalar, tantanalar va marosimlarni tartibga solish toʻgʻrisida”gi qonuni bilan asoslamoqda.
Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yili Tojikiston parlamentining yuqori palatasi ayni qonunga Islomning ikki bayrami – Ramazon va Qurbon hayiti kunlarida “Idgardak” anъanaviy bolalar sayllarini oʻtkazishni taqiqlovchi tuzatishlarni maъqullagan edi.













