Ozarbayjon va isroil soʻnggi yillarda strategik, iqtisodiy va harbiy jihatdan muhim ittifoqdoshlarga aylanishdi. Albatta, aksar aholisi shia musulmonlaridan iborat boʻlgan ozarlarning Gʻazoda begunoh falastinliklar qonini toʻkayotgan sionistlar bilan osh-qatiq boʻlishi koʻpchilikning eъtiborini tortmasdan qolmadi. Ushbu maqolamizda ozarlar va yahudlar "doʻstligi"ni tanqid qilmoqchi emasmiz, balki ikki davlatning yaqin hamkorligi sabablariga toʻxtalamiz.

Tahlilchilar ozarlar va yahudiylar "doʻstlashuvi" sabablaridan biri sifatida Eron tashqi siyosatini tilga olishadi. Forslar Ozarbayjonning janubiy chegarasida joylashgani uchun mamlakatdagi shia aholisi orqali mintaqaviy taъsirini kuchaytirishga harakat qilayotgani aytiladi. Bunga javoban Ozarbayjon oʻz xavfsizligini taъminlash uchun turli strategiyalarni ishlab chiqdi. Rasmiy Boku strategik muvozanat sifatida Telь-Aviv bilan harbiy va texnologik hamkorlikni kuchaytirdi. Ozarbayjonning 2012 yilda isroilning Aerospace Industries kompaniyasi bilan 1,6 milliard dollarlik shartnoma imzolagani va sionistlardan havo hujumidan mudofaa tizimlarini sotib olgani ham shu jumladandir.

Ozarbayjon mintaqaviy xavfsizlik nuqtai nazaridan isroil bilan yaqin hamkorlikni tanlagan boʻlsa, isroil ham Yaqin Sharqdagi taъsirini kuchaytirish uchun Ozarbayjonni strategik sherik sifatida koʻrdi.

Bundan tashqari Ozarbayjonning boy energiya resurslari ham uni sionistlar uchun jozibador mamlakatga aylantirdi. Kaspiy dengizidan qazib olinadigan neftь va tabiiy gaz Ozarbayjonning eng yirik iqtisodiy resurslari hisoblanandi. Bugungi kunga kelib ozar nefti isroilning energiya ehtiyojlarini qondirish uchun muhim manbaga aylandi. Sionistlar 2000 yillar boshidan beri Ozarbayjon neftining asosiy xaridori hisoblanadi. Ayniqsa, 2016 yilda ikki davlat rasmiylari oʻrtasida muhim kelishuv imzolangan boʻlib, ushbu hujjat orqali isroil uzoq muddat kavkazliklarning energiya resurslaridan foydalanadigan boʻldi. Masalan, yahudiylar 2018 yilda 600 ming tonnaga yaqin ozar neftini sotib oldi.

Shu oʻrinda oʻzaro harbiy hamkorlik ham ikki davlat doʻstligining muhim omili ekanini aytish joiz. Oxirgi yillarda Ozarbayjon bosqinchi isroildan ilgʻor qurol tizimlari, dronlar va raketaga qarshi mudofaa texnologiyalarini sotib olyapti. Ozarbayjon bu harbiy yordamdan, ayniqsa, Armaniston bilan Togʻli Qorabogʻ mojarosi paytida unumli foydalandi.

2020 yilgi urush davrida Ozarbayjon Isroildan sotib olingan razvedkachi dronlar va boshqa mudofaa tizimlaridan samarali foydalandi. Harbiy ekspertlar turklarning Bayraktar TB2 singari uchuvchisiz uchoqlari qatorida yahudiylarning josuslik dronlari hamda mudofaa tizimlari ham "Pashinyanning juda tez magʻlub boʻlishi"ga hissa qoʻshganini aytishadi.

Yaqin tarixga nazar tashlasak, Ozarbayjon va Isroil munosabatlari Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin yanada mustahkamlandi. Ozarbayjon mustaqillikka erishgach, oʻzining tashqi siyosatida Gʻarb bilan yaqin munosabatlar oʻrnatish yoʻliga oʻtdi. Ushbu jarayonda isroil bilan hamkorlik muhim oʻrin tutdi. Qolaversa, Ozarbayjondagi kichik yahudiy jamiyati bu ikki davlat oʻrtasidagi aloqalarni madaniy jihatdan mustahkamlovchi omil boʻldi.

Shunga qaramay, ushbu ittifoqdoshlik markazida isroilning Yaqin Sharqdagi taъsirini oshirish strategiyasi turganini unutmaslik lozim. Ayni damda sionistlar oʻzlarining bosqinchilik siyosatini davom ettirib, AQSh va Gʻarb davlatlari koʻmagida falastinliklarni qirgʻin qilib, ularni tugʻilib oʻsgan uylaridan quvmoqda. Hattoki qoʻshni davlatlar – Livan va Suriya suverinitetiga ham daxl qilib, qoʻshni davlatlarning erlariga qoʻshin kirityapti.

90-yillardayoq sionistlar Ozarbayjonni nafaqat energiya resurslari, balki mintaqadagi strategik joylashuvi tufayli ham muhim ahamiyatga egaligini tushunib etdi. Shundan kelib chiqib isroil Ozarbayjon resurslaridan foydalangan holda energiya xavfsizligiga erishishi qatorida mintaqa davlatlari, jumladan Eronni tiyib turish maqsadida ham Ozarbayjon bilan aloqa oʻrnatishga qaror qildi. Bu esa "bir oʻq bilan bir nechta quyonni urish"ga oʻch AQSh va uning Yaqin Sharqdagi loyihasi boʻlgan isroil manfaatlariga toʻgʻri kelardi.


Alp Jamolov

Mavzuga aloqador