Oʻzbekiston va Qirgʻiziston mahkum fuqarolarni bir-biriga topshirish boʻyicha kelishuvni rasmiylashtirdi. Oʻzbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi 31 yanvarʻ kuni ushbu shartnomani ratifikatsiya qilish haqidagi qonunni qabul qildi. Hujjat Senatga yuborildi.

Shartnoma 2024 yil 18 iyulda Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarovning Toshkentga tashrifi chogʻida imzolangan.

Hozirda Oʻzbekistonda 45 nafar qirgʻizistonlik, Qirgʻizistonda esa 96 nafar oʻzbekistonlik mahkum jazo oʻtamoqda.

Mahkumlar “Doʻstlik”/“Dostuk” chegara punkti orqali almashtiriladi.

Hujjat mahkumlarni topshirish xarajatlarini qoplash, nizolarni hal qilish mexanizmi va rasmiy muloqot tillarini belgilaydi.

Oʻzbekiston va Qirgʻiziston Bosh prokuraturalari shartnoma ijrosi uchun masʻʻul hisoblanadi.

Kelishuvning ahamiyati:
Deputatlar ushbu kelishuv mahkumlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish, oilalari bilan aloqalarini saqlash va davlatlar oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlash uchun xizmat qilishini taʻʻkidladi.

Qirgʻiziston parlamenti – Jogorku Kenesh ham ushbu qonunni maʻʻqullagan. Agar Senat ham hujjatni tasdiqlasa, shartnoma rasman kuchga kiradi.

Mavzuga aloqador