Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻan Istanbul meri idorasiga oid tergov jarayoniga munosabat bildirib, muxolifat korruptsiya va boshqa jinoiy ishlar boʻyicha sud daъvolariga javob bermayotganini taъkidladi.


“Ular ayblovlarni rad etish uchun ekspertiza oʻtkazishi yoki masalani mutaxassislar bilan muhokama qilishi mumkin edi, ammo buni qilishmayapti. Chunki ular ayblovlar haqiqat ekanini bilishadi”, dedi Prezident.


Erdoʻgʻan shuningdek, hujjatlar va dalillarning aksariyati aynan muxolifatdagi (ChP) aъzolari tomonidan sudga taqdim etilganini eslatib, bu holat ishning jiddiyligini koʻrsatishini qayd etdi.


“Biz bunday siyosiy spektakllarga vaqt ajratmaymiz. Oʻz oldimizga qoʻygan maqsadlarga eъtibor qaratganmiz”, deya xulosa qildi davlat rahbari.

Mavzuga aloqador