Maktab va bogʻcha rahbarlarining maoshi oshiriladi
Prezident farmoniga koʻra, 2025 yil 1 sentyabrdan boshlab maktab va bogʻcha rahbarlari hamda oʻrinbosarlarining ish haqi oshiriladi. Maktab direktorlarining maoshi 20 foizga, oʻrinbosarlariniki esa 15 foizga koʻtariladi.
Bogʻcha direktorlarining maoshi esa maktab oʻrinbosarlari stavkalariga tenglashtiriladi. Bu 10 mingdan ortiq maktab direktorlari, 7 mingga yaqin bogʻcha rahbarlari va 35 mingga yaqin oʻrinbosarlarning daromadi oshishiga olib keladi.
Shuningdek, xalq taъlimi tizimidagi 15 ming boshqaruv xodimi uchun koʻp yillik mehnatiga asoslangan ragʻbatlantirish tizimi joriy etiladi. Maktab xodimlarining mukofot puli esa eng kam maosh miqdorining 50 foizidan 75 foizga oshiriladi.
Yana bir oʻzgarish – maktab binolarini ijaraga berishdan tushgan mablagʻning katta qismi endi oʻsha maktab rivojiga yoʻnaltiriladi. Ilgari tushumning 40 foizi qolgan boʻlsa, endi bu koʻrsatkich 75 foizga etkaziladi.
Shu bilan birga, 2026 yilning 1 yanvaridan maktab direktorlari va oʻrinbosarlari faoliyati natijalari (KPI) asosida qoʻshimcha oylik ustama oladi. Direktorlar maoshiga 20 foiz, oʻrinbosarlarnikiga esa 10 foiz ustama qoʻshiladi.













