TEMU Oʻzbekistonda faoliyatini tiklashi mumkin – muhokamalar davom etmoqda
Oʻzbekistonda TEMU elektron savdo platformasi faoliyati boʻyicha jiddiy huquqiy jarayon kechmoqda. Avvaliga, 2024 yil 26 dekabrda qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining 885 sonli qarori asosan TEMUning faoliyati shu yilning 4 mart kuni cheklangan edi.
Chunki mamlakatda faqat yuridik shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtgan mahalliy rezidentlargagina elektron savdo bilan shugʻullanishga ruxsat berilgan. Shuningdek, TEMU platformasi Oʻzbekiston Respublikasining elektron tijorat, reklama, shaxsiy maъlumotlar va mualliflik huquqiga oid qonunlariga rioya qilmagani aniqlangan.
Biroq soʻnggi xabarlarga koʻra, TEMU rasman Oʻzbekistonda yuridik shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtib, mahalliy rezident maqomini olgan. Bu marketpleysga mamlakatdagi qonunchilik talablariga rioya qilgan holda faoliyat yuritish imkonini yaratadi.
Shu bilan birga, Davlat soliq qoʻmitasi maъlumotlariga koʻra, TEMU bilan bogʻliq ayrim masalalar hali toʻliq hal etilmagan. Xususan, platforma faoliyatining oldingi davrlariga oid muhokamalar davom etmoqda. Jarayon yakuniga etkazilgandan soʻng, TEMU’ning kelgusidagi faoliyatiga doir rasmiy qaror eъlon qilinishi kutilmoqda.













