Din ishlari boʻyicha qoʻmita Umra tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish faoliyatini amalga oshirish uchun yakka tartibdagi litsenziya berish boʻyicha tanlov natijalariga koʻra yana 2 ta turfirmaga litsenziya berdi.
Turkiya va Oʻzbekiston hamkorlikni bir nechta yoʻnalishda rivojlantirish boʻyicha kelishib oldi. Jami oltita hujjatga imzo chekildi. Ular orasida Turkiya Sanoat va texnologiyalar vazirligi bilan Oʻzbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi oʻrtasidagi oʻzaro anglashuv memorandumi ham bor.
Mubashshir Ahmadning hibsga olinishi masalasida Turkiya Migratsiya boshqarmasi (Göç idaresi)ga raddiya Turkiyalik advokat Ibrohim Ergin X ijtimoiy tarmogʻida Turkiya Migratsiya boshqarmasi (Göç idaresi)ning ustoz Mubashshir Ahmadning Istanbulda qoʻlga olinishi va Oʻzbekiston hukumatiga topshirilishi yuzasidan jamoatchilik eъtirozlari boʻyicha bayonotiga raddiya berdi. Ushbu raddiyani toʻliq holda oʻzbek tiliga tarjima qilib, eъtiboringizga havola etamiz.
Gamburg sudi USM xoldingi asoschisi Alisher Usmonovni Dilbar nomli yirik shaxsiy yaxtaning egasi deb atashni taqiqladi. Qarorga rioya etilmagan taqdirda, har bir holat uchun 250 ming evrogacha jarima yoki 6 oygacha maъmuriy qamoq jazosi belgilangan.
Dastlabki bosqichda imomlar har oyda 8 ming som (taxminan 91 dollardan ortiq) miqdorda pul oladi. Stipendiyalar mamlakatning barcha hududlaridagi masjidlarda rasman roʻyxatdan oʻtgan imomlarga toʻlanadi. Diniy idora bu ularning xayr-ehson va tashqi yordamga muhtojligini kamaytirishini maъlum qilgan.
Soʻnggi uch yil ichida mamlakatda turmush qurishga majburlanganlardan 214 ta shikoyat kelib tushgan. Ulardan faqat 10 tasi sudgacha etib borgan. Yuzlab jinoiy ishlar shunchaki yopilib ketgan.
Turkiyada bugungi kunga qadar 255 mingdan ortiq Qurъon hofizlari diplom olgan. Rasman hujjat olmaganlar bilan hisoblansa bu raqam yarim millionga yaqinlashishi mumkin.
Turkiyadagi yirik Milli Gazete, Yeni Akit va DoğruHaber kabi muxolifat nashrlari ushbu masalani birinchi sahifalarda yoritib, hukumatni tanqid qildi. Ularda “olimni zolimga topshirdilar” kabi ogʻir soʻzlar bilan voqea tafsilotlari keng yoritildi. Turkiya Migratsiya boshqarmasi ham holat yuzasidan bayonot berdi.
Afgʻoniston Imom Buxoriy majmuasi qurilishi uchun 16 ta yuk mashinasida Hirot oq marmarini sovgʻa qildi.
DXX hamda IIO xodimlari Toshkent, Fargʻona va Namanganda fuqarolarni noqonuniy ravishda Haj va Umra safarlariga yubormoqchi boʻlgan shaxslarni qoʻlga oldi.