Mubashshir Ahmad domla Davlat xavfsizlik xizmati markaziy tergov hibsxonasi (Gvardeyskiy)da saqlanayotgani aniqlandi. Bugun, 2025 yiling 20 may, seshanba kuni uni faqat bir nafar yaqini (ukasi) bilan koʻrishishga ruxsat berilgan. Ukasining guvohlik berishicha, ustoz Mubashshir Ahmad tergovchi va boshqa mutasaddilarning muomalasidan shikoyat qilmaganlar va oʻzlarini qoʻllab, duolar qilib turgan barcha-barcha insonlardan minnatdor ekanlarini bildirganlar.
Yangi shartnomada tomonlarning bir-birlariga qarshi qaratilgan hech qanday bloklar yoki ittifoqlarda qatnashmasligi hamda tomonlardan birining fikri boʻyicha ikki davlatning strategik sherikligi va ittifoqchilik munosabatlariga zarar etkazadigan har qanday harakatlarda ishtirok etishdan saqlanish kabi majburiyatlari belgilangan
Xitoyning Bugur shahrida “Gʻarbiy mintaqalar gubernatori qarorgohi” nomli muzey ochildi. Bu rasmiy Pekinning Sharqiy Turkistonni bosib olinishini oqlashga qaratilgan navbatdagi targʻibot vositasi hisoblanadi. Eъtiborlisi, xitoylik targʻibotchilar muzeyning ochilishi marosimida “Sharqiy Turkistonning asrlar davomida xitoyliklarga tegishli ekani” haqidagi asossiz gʻoyalarni ilgari surgan.
Oʻzbekiston 1 iyundan Bahrayn, Kuvayt va Oʻmon fuqarolari uchun 30 kunlik vizasiz rejim joriy etdi. Shuningdek, mamlakatda har oy 2-haftasining shanba va yakshanba kunlari «Oila va jamoa bilan sayohatga chiqish kuni» etib belgilandi.
Rim Papasi Lev XIV ning rasman lavozimga kirishish marosimida qatnashgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri Nuriddin Ismoilov uni tabriklab, prezident Shavkat Mirziyoevning iliq salomlarini yoʻllagan. Oʻz navbatida, yangi Rim papasi Oʻzbekiston rahbariyati va xalqiga chuqur minnatdorlik bildirgan.
Prezident Shavkat Mirziyoev Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanning taklifiga binoan 19 may kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga joʻnab ketdi.
Rossiyaning Lipetsk shahri sudi 2024 yil oktyabrь oyida koloniyadan 30 metrlik tunnelь qazib, qochishga muvaffaq boʻlgan olti nafar mahbusga hukm oʻqidi. Ularning besh nafari Oʻzbekiston fuqarosi boʻlgan.
Turkiyaning Isparta shahrida boʻlib oʻtgan harbiy merganlar musobaqasida Oʻzbekiston jamoasi oltin medalni qoʻlga kiritdi. Oʻzbek merganlari noaniq masofalarga noqulay istehkomdan, turli toʻsiqlar ortidan, vertolyot va qayiqdan jangovar oʻq otish, 5 km masofadan yuk va qurol bilan yugurib kelib, tunda nomalum masofalarga oʻq otish kabi shartlarda eng yaxshi natijalarni qayd etdi.
Turkiyada “MazlumDer” – “Inson huquqlari va mazlumlar uchun birdamlik” uyushmasining matbuot anjumani boʻlib oʻtdi. Unda huquq faollari va jamoat faollari ishtirok etdi.
Tehronda Xitoy, Eron, Turkiya, Qozogʻiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston vakillari temir yoʻl orqali yuk tashish tariflarini muvofiqlashtirish boʻyicha kelishuvga erishdi. Ushbu kelishuv Xitoydan Evropagacha boʻlgan yuk oqimini Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq orqali oshirishga qaratilgan transport koridorini takomillashtirishga xizmat qiladi.