Qashqadaryoda “Jihodchilar” oqimining 8 nafar aъzosi 6 yildan 10 yil 6 oygacha ozodlikdan mahrum etildi. DXXning xabar berishicha, jamoat aъzolarining baъzilarida hijrat qilish niyati paydo boʻlgani maъlum qilindi.
Qirgʻizistonda 10 iyundan noqonuniy muhojirlikda yurgan chet elliklarga qarshi «Nelegal» deb nomlangan keng koʻlamli maxsus operatsiya boshlanadi. Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasining maъlum qilishicha, ayni paytda mamlakatda 5 mingdan ziyod noqonuniy muhojirlar mavjud.
Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning maslahatchisi Anton Kobyakov sobiq Sovet Ittifoqi haqida bahsli bayonot bilan chiqdi. Unga koʻra, SSSR huquqiy jihatdan hali ham mavjud. Sababi ittifoqni tarqatish tartibi hali konstitutsiyaviy jihatdan toʻliq bajarilmagan.
Sammitda tashkilot doirasidagi koʻp qirrali hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari yuzasidan fikrlar almashilgan. Mirziyoev Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti — TURKSOY faoliyati va tuzilmasini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish hamda Turkiy madaniyat jamgʻarmasi kengashining navbatdagi yigʻilishini Oʻzbekistonda oʻtkazishni taklif qilgan.
Turkiya Milliy razvedka tashkiloti (MİT) Xitoy razvedkasi bilan aloqadorlikda ayblanayotgan 7 kishilik josuslik tarmogʻini fosh qildi. Tezkor operatsiya natijasida ularning davlat xizmatchilariga tegishli telefon qoʻngʻiroqlari, SMS xabarlarini kuzatgani hamda uygʻur jamoasi vakillarining joylashuvini aniqlash maqsadida soxta signal uzatuvchi stantsiyalardan foydalangani aniqlangan.
Ozarbayjonlik deputat Gudrat Hasanguliev Naxchivon shahridagi Ashobi Kahf gʻori hududida Makkadagi Kaъbaning aynan nusxasini yaratish tashabbusi bilan chiqdi.
Agar sud majlisining audio va video yozuvlari mavjud boʻlmasa, bu sud qarorini oʻzgartirish, qayta koʻrib chiqish yoki bekor qilish uchun asos sifatida koʻriladi.
Shavkat Mirziyoev 3 oy ichida AQSh fuqarolari uchun Oʻzbekistonga 30 kunlik vizasiz kirish rejimini joriy etish boʻyicha topshiriq berdi. Shuningdek, Oʻzbekiston fuqarolari AQSh hududiga kirishi uchun viza talablarini engillashtirish yuzasidan muzokaralar boshlash buyurildi.
Prezident Shavkat Mirziyoevning Vengriyaga tashrifi doirasida ikki davlat oʻrtasida kengaytirilgan strategik sheriklik munosabatlarini oʻrnatishga kelishib oldi. Shuningdek, Investitsiyaviy hamkorlik dasturini qabul qilish, 2026 yilni Oʻzbekiston va Vengriya madaniyati yili deb eъlon qilish, havo qatnovini rivojlantirish va boshqa masalalar muhokama qilindi.
RF Tergov qoʻmitasi raisi Aleksandr Bastrikinning aytishicha, Rossiya fuqaroligini olgan 20 mingdan ortiq oʻzbek, qirgʻiz va tojik yoshlari Ukrainaga qarshi urushish uchun oldingi saflarga tashlangan.