Qashqadaryoda “Jihodchilar” oqimining 8 nafar aъzosi 6 yildan 10 yil 6 oygacha ozodlikdan mahrum etildi. DXXning xabar berishicha, jamoat aъzolarining baъzilarida hijrat qilish niyati paydo boʻlgani maъlum qilindi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Qashqadaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Ichki ishlar organlari xodimlarini jalb qilgan holda oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida “Jihodchilar” diniy ekstremistik oqimining yashirin jamoati fosh etildi.

Xususan, Qarshi tumanida yashovchi, 1977 y.t., muqaddam Jinoyat Kodeksining 155, 159, 244 prim 1, 244 prim 2 va boshqa moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganligi uchun bir necha bor sudlangan, oʻta xavfli retsidivist Qarshi shahri hamda Qarshi tumanida istiqomat qiluvchi, 1964-1986 yillar oraligʻida tugʻilgan 7 nafar fuqaroni jalb qilgan holda noqonuniy diniy jamoat tuzgan.

Tergov davrida aniqlanishicha, guruh aъzolari 2024 yil yanvarь oyidan boshlab har oʻn kunda bir oʻz yashash xonadonlarida yigʻilishlar oʻtkazib, “halifalik davlati” barpo etish masalalarini muhokama qilishgan.

Shuningdek, ular ijtimoiy tarmoqlar orqali xalqaro terroristik tashkilotlarni gʻoyaviy daъvatchilarining jihod, hijrat, halifalik toʻgʻrisidagi audio-video materiallarni oʻzaro bir-birlariga tarqatib, oʻz saflarini kengaytirish maqsadida boshqa fuqarolar ongiga ham ekstremistik gʻoyalarni singdirishga harakat qilishgan.

Taъkidlanishicha, guruh etakchisi va aъzolarining 4 nafari muqaddam Jinoyat Kodeksining 159, 244 prim 1 moddalarida koʻzda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, uzoq muddatlarga ozodlikdan mahrum etilgan.

Jinoyat ishlari boʻyicha Qarshi tuman sudi tomonidan mazkur shaxslar tegishliligi boʻyicha Jinoyat Kodeksining 159, 244 prim 1 va 244 prim 2-moddalari bilan aybli deb topilib, ularga 6 yildan 10 yil 6 oygacha boʻlgan muddatlarga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi

Mavzuga aloqador