Oʻzbekiston–Vengriya: qanday kelishuvlarga erishildi
Prezident Shavkat Mirziyoevning Vengriyaga tashrifi doirasida ikki davlat oʻrtasida kengaytirilgan strategik sheriklik munosabatlarini oʻrnatishga kelishib oldi. Shuningdek, Investitsiyaviy hamkorlik dasturini qabul qilish, 2026 yilni Oʻzbekiston va Vengriya madaniyati yili deb eъlon qilish, havo qatnovini rivojlantirish va boshqa masalalar muhokama qilindi.
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev va Vengriya bosh vaziri Viktor Orban seshanba kuni Budapeshtda kengaytirilgan strategik sheriklik oʻrnatish toʻgʻrisidagi qoʻshma deklaratsiyani imzoladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Rasmiy tashrif davomida hukumatlararo va idoralararo hujjatlar, jumladan, Ekstraditsiya toʻgʻrisidagi shartnoma, Iqlim oʻzgarishi sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim, tabiiy ofatlarni boshqarish, ilm-fan va innovatsiyalar, tinch atom sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi idoralararo kelishuvlar va boshqa hujjatlar qabul qilindi.
Shavkat Mirziyoev va Viktor Orbanning «Karmelita» saroyida boʻlib oʻtgan muzokaralarida Oʻzbekiston-Vengriya strategik sherikligi va koʻp qirrali hamkorlikni yanada chuqurlashtirish masalalari muhokama qilindi.
Xabar qilinishicha, qoʻshma investitsion loyihalarning joriy portfeli 500 million dollarni tashkil etadi. Joriy tashrif uchun yana 1,5 milliard evrolik loyihalar tayyorlangan.
Birinchi bosqichda tovar ayirboshlash hajmini, jumladan, import oʻrnini bosish imkoniyatlari va GSP+ maqomi hisobiga 500 million evroga etkazish muhimligi qayd etildi. Shu maqsadda laboratoriyalar Evropa Ittifoqi talablariga muvofiq akkreditatsiyadan oʻtkaziladi, tovarlarni oldindan sertifikatlash dasturi va eksport qiluvchi kompaniyalarga koʻmaklashish boʻyicha qoʻshma platforma ishga tushiriladi.
Shavkat Mirziyoev va Viktor Orban dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan ham fikr almashdi. Terrorizm, ekstremizm, narkotrafik, odam savdosi va boshqa zamonaviy xavfsizlik muammolariga qarshi kurashishda hamkorlikni davom ettirish muhimligi taъkidlandi.
Tomonlar iyulь oyida Budapeshtda boʻlib oʻtadigan hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yigʻilishida Investitsiyaviy hamkorlik dasturini qabul qilishga kelishib oldi.
Oʻzbekiston-Vengriya ishbilarmonlar kengashi faoliyatini davom ettirish va uning navbatdagi yigʻilishini yaqin kelajakda biznes vakillarini keng jalb etgan holda oʻtkazish taklif etildi.
Ishbilarmonlik, sayyohlik va madaniy aloqalarni faollashtirish maqsadida ikki davlat oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri havo yoʻnalishlarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Kelgusi yilni Oʻzbekiston va Vengriya madaniyati yili deb eъlon qilish taklif etildi.
Bundan tashqari, ikki diplom tizimini joriy etish va Oʻzbekistonda Vengriya universitetlarining filiallarini tashkil etish imkoniyatlari koʻrib chiqildi.
Shu kuni prezident Mirziyoev Vengriya ishbilarmon doiralari bilanam uchrashdi. OTP Bank, BDPST Group, 4iG, Indotek, MVM, Duna Group, MOL Group, H2O Consortium, Inpark, Wizz Air va boshqa koʻplab kompaniyalarning top menejerlari va asoschilari ishtirok etdi.
Yangi loyihalarni amalga oshirish, jumladan, transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish, yoʻllar va logistika markazlarini qurish, kommunal tarmoqlarni rivojlantirish, tayyor toʻqimachilik mahsulotlari, qurilish materiallari, kimyo mahsulotlari, farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish, raqamli texnologiyalar, akvakulьtura kabi sohalarda kelishuvlarga erishildi.
Bunday ishlab chiqarish quvvatlarini joylashtirish uchun Oʻzbekistonda Vengriyaning Inpark operatori boshqaruvida Evropa kompaniyalari uchun maxsus sanoat zonasi tashkil etilmoqda.













