Misrda xorijliklar, jumoadan oʻqish maqsadida kelganlarni tekshirish kuchaytirildi. Jumladan, migratsiya qoidalarini buzganlikda gumonlanib, besh nafar Oʻzbekiston fuqarosi ushlangan. Keyinroq ulardan biri qoʻyib yuborilgan.
AQSh Davlat departamenti tomonidan oʻtkaziladigan Diversity Visa (DV) — Green Card lotereyasi natijalariga koʻra, 2025 yilgi dasturda Oʻzbekiston fuqarolaridan 5 564 nafar kishi gʻolib deb topildi. Bu koʻrsatkich jahon boʻyicha eng yuqori natija sifatida qayd etildi.
Xukumat qarori bilan 1 sentyabrdan xorijiy mamlakatlarda qonun buzib, deportatsiya qilingan yoki Oʻzbekiston obroʻsini toʻkkan fuqarolarga ikki yil muddatga xorijga chiqish pasporti berilmaydi. Istisno holatlar Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligi Mubashshir Ahmadning Oʻzbekistonga deportatsiya qilingani va qamoqqa olinganini tasdiqladi.
ingliz harbiylari ushbu mamlakatlarda tinch aholini, shu jumladan bolalarni otib oʻldirish, kishanlangan mahbuslarni muntazam qatl etish va odamlarni uxlayotgan joyida portlatib yuborish kabi vahshiyliklarga qoʻl urishgan.
Bugun, 13 may kuni ilk guruh ziyoratchilarimiz Saudiya Arabistoniga joʻnab ketdi. Joriy mavsumda Oʻzbekistondan 15 000 nafar kishi haj safariga yoʻl oladi. Parvozlar Toshkent, Samarqand, Buxoro, Navoiy, Andijon, Fargʻona, Namangan, Termiz va Urganchdan amalga oshiriladi.
Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 2025 yilgi Haj mavsumi boshlanishi va yoʻlovchilar oqimi koʻpayishi sababli may oyi davomida Dogʻiston poytaxti Maxachqalъadan Toshkentga reyslar kechikishi mumkinligini maъlum qildi.
Turkiyaning yirik partiyalaridan biri, Erdoʻgʻon rahbarligidagi "Adolat va taraqqiyot" partiyasining asosiy ittifoqchilaridan biri boʻlmish HuDaPar ("Hur daъvo") partiyasi hukumatni oʻzbekistonlik mashhur olim, “Azon Global” axborot-tahliliy portali asoschisi Mubashshir Ahmad bilan bogʻliq masala boʻyicha shaffof bayonot berishga chaqirdi. "Xalqaro qonun va Turkiya tomonidan tan olingan shartnomalar zulm qilinish xavfi ostidagi shaxslarning biror talabga koʻra topshirib yuborilishini taqiqlaydi. Insonparvarlik tamoyillariga va qochqinlarning boshpana soʻrash huquqiga rioya qilinishi nafaqat konstitutsiyaviy, balki vijdoniy majburiyat hamdir", deyiladi HuDaParning bayonotida.
Turkiyalik advokat Ibrohim Erginning maъlum qilishicha, Mubashshir Ahmad Oʻzbekistonga deportatsiya qilingan. Uni 9 may kuniyoq shoshilinch tarzda deportatsiya qilishmoqchi boʻlishgani, lekin jamoatchilik aralashuvi tufayli Edirnega joʻnatilgani bildirilmoqda. «Edirnedagi Migratsiya idorasida razvedka nazorati ostida saqlangan, keyinchalik shanba kuni yana Istanbulga qaytarilgan. Bu orada u yuridik tizimdan chetlab oʻtilgan va noqonuniy tarzda Oʻzbekistonga topshirilgan», deyiladi huquq himoyachisining bayonotida. Advokat Ibrohim Erginga koʻra, xavfsiz joy istab, boshpana soʻrab kelgan insonni mamlakatiga qaytarib berib yuborish ham qonuniy, ham diniy va ham vijdoniy jihatdan joiz emas.
Qirgʻizistonning Oʻsh shahrida yangi qonunga rioya qilinishini taъminlash kampaniyasi doirasida politsiya xodimlari tekshiruvlar oʻtkazdi. Qariyb 300 nafar muslima ayol niqobini echishga majburlanib, ularga ogʻzaki ogohlantirish berilgan. Oldinroq, mamlakatda ayollarning niqob bilan yurishini taqiqlovchi qonun qabul qilinib, 1-fevraldan boshlab taqiqni buzganlik uchun 20 ming som (taxminan 230 AQSh dollari) miqdorida jarima belgilangandi.