40 yildan ortiq davom etgan qurolli kurashdan soʻng Kurdiston Ishchilar partiyasi (PKK) oʻzini oʻz-oʻzidan tugatish va qurollarni topshirish qarori qabul qilganini eъlon qildi. Bu qaror Turkiya bilan tinchlik tashabbusi doirasida, shimoliy Iroqda boʻlib oʻtgan partiya qurultoyida qabul qilindi.
Uzbekistan Airways Pokiston va Hindiston chegarasidagi havo cheklovlari sabab Toshkent va Dehli, Mumbay, Lahor, Bangkok, Kuala-Lumpur, Pxuket oʻrtasidagi yoʻnalishlar boʻyicha parvozlar jadvalida majburiy oʻzgarishlar boʻlishidan ogohlantirdi. Baъzi holatlarda uchish vaqti oʻrtacha 1,5 soatga yoki undan koʻproqqa oshishi mumkin.
Rossiya mudofaa vaziri Andrey Belousov va Oʻzbekiston mudofaa vaziri Shuhrat Xolmuhamedov 2026-2030 yillarga moʻljallangan harbiy sohada mamlakatlar oʻrtasidagi strategik sheriklik dasturini amalga oshirish rejasini imzoladi. Shu bilan birga Xolmuhamedov rossiyalik hamkasbiga Moskvadagi harbiy paradda qatnashgan Oʻzbekiston harbiy kontingentini tayyorlash uchun yaratilgan sharoitlar uchun minnatdorlik bildirgan.
Hindiston–Pokiston mojarosi davom etarkan, mamlakat bosh vaziri Modiga yaqin boʻlgan nafaqadagi general Gagandep Bakshi Turkiyaga qaratilgan bayonotlar bilan chiqdi. YouTube’dagi New India Junction kanali orqali Turkiyaga ochiq tahdid qilgan Bakshi Hindiston oʻzining yadroviy qudrati bilan zarurat tugʻilsa Turkiyani parchalab yuborishi mumkinligini taъkidlagan.
Uchrashuvda Oʻzbekiston-Rossiya ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash hamda Putinning oʻtgan yilgi Oʻzbekistonga tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari koʻrilgan.
Qozogʻistonlik senator Amangeldi Tolamisov
Xitoy "Shinjonga yordam va hududni rivojlantirish" shiori ostida Sharqiy Turkistonning tabiiy boyliklarini oʻzlashtirish va majburiy mehnat markazlarini kengaytirishga qaratilgan 500 ta yirik loyihani amalga oshirmoqchi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin taklifiga koʻra, bir necha davlat rahbarlari va rasmiy shaxslar Moskvaga Ikkinchi jahon urushidagi Gʻalabaning 80 yilligini nishonlash uchun boradigan boʻldi. Ozarbayjon va Laos prezidentlari Ilhom Aliev va Thongloun Sisoulit paradda qatnashmasligini bildirgan. Shu tariqa, Gʻalaba paradida avval xabar qilinganidek 29 emas, 27 ta davlat rahbari mehmon boʻlishi kutilmoqda.
Andijon viloyatida Janubiy Fargʻona kanali qirgʻogʻi oʻpirilishi oqibatida 100 ga yaqin xonadonga suv kirdi. Hodisaga qoʻshimcha GES qurish uchun kanalga ortiqcha suv tashlangani sabab boʻldi.
Oʻzbekistonda din hayoti tobora shaxsiy, ongli va maъrifiy tus olmoqda. Jamiyatda anъanaviylikka hurmat saqlanar ekan, uni zamon talablari bilan uygʻunlashtirish istagi ham ortmoqda. Oʻzbekiston fuqarolari dinni faqat ruhiy tayanch emas, balki ongli, ilmli va ijtimoiy masъuliyatli kuch sifatida koʻrishni istamoqda.