“Haj – 2025” safari boshlandi!

Bugun, 13 may kuni “Haj – 2025” mavsumining ilk ziyoratchilari Saudiya Arabistoniga yoʻl oldilar.

Ziyoratchilarni kuzatish marosimi Toshkent xalqaro aeroportida boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari, Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi Sodiqjon Toshboev, taniqli ulamolar, imom-domlalar va OAV vakillari ishtirok etdi.

Muftiy hazratlari hojilarga xayrli duolar qilib, safarlari omonlik va barakaga boy boʻlishini tiladilar.

Eslatib oʻtamiz, bu yilgi “Haj – 2025” mavsumida Oʻzbekistondan 15 000 nafar ziyoratchi muqaddas Makka va Madina shaharlariga yoʻl oladi. Ziyoratchilar uchun toʻgʻridan-toʻgʻri reyslar Toshkent, Samarqand, Buxoro, Navoiy, Andijon, Fargʻona, Namangan, Termiz va Urganch shaharlaridan amalga oshiriladi. Saudiya Arabistonidan yurtdoshlarimizning qaytishi 20 iyuldan boshlanib, 5 avgustgacha davom etadi.

Mavzuga aloqador