Germaniyada sud Alisher Usmonovni Dilbar yaxtasi egasi deb atashni taqiqladi
Gamburg sudi USM xoldingi asoschisi Alisher Usmonovni Dilbar nomli yirik shaxsiy yaxtaning egasi deb atashni taqiqladi. DW nashri 2025 yil 13 may kuni xabar qilishicha, sud bunday maъlumotni Usmonovning shaxsiy hayoti daxlsizligi huquqini buzadi, deb topgan va uni tarqatishni taqiqlagan.
Gap Lyuksemburgdagi Mediahuis Luxembourg S.A. mediaxoldingiga qarashli nashrlar tarqatgan maъlumot haqida ketmoqda. Luxembourg Times saytidagi ushbu daъvoga oid maqola allaqachon oʻchirilgan. Sudda qayd etilishicha, Dilbar yaxtasi “na toʻgʻridan-toʻgʻri, na bilvosita, na kompaniya yoki trast orqali” Usmonovga tegishli emas.
Sudda ishtirok etgan javobgarlar — yaъni nashrlar — bu maъlumotning haqqoniyligini isbotlamay, sharh ham bermagan. Qarorga rioya etilmagan taqdirda, har bir holat uchun 250 ming evrogacha jarima yoki 6 oygacha maъmuriy qamoq jazosi belgilangan. Bu qaror ustidan shikoyat qilish mumkin.
Usmonovning advokati Yoaxim Nikolaus Shtaynxyofelь taъkidlashicha, Evropa Ittifoqi prokuraturasi va sanktsiya qoʻllovchi idoralar “sud tomonidan rad etilgan va tarqatilishi taqiqlangan maъlumotlarga” tayanayotganini aytib oʻtgan. 2024 yil fevralda dpa agentligi ham Usmonovning opasi Gulbaxor Ismoilova Dilbar yaxtasiga egalik qilgani haqidagi maqolasini sud qarori bilan olib tashlagandi. Bunday mazmundagi tvitlarni Germaniya Federal jinoyat politsiyasi ham oʻchirgan.
Usmonovga qarshi sanktsiyalar
2022 yil 28 fevralda, Rossiyaning Ukrainaga hujumi boshlanganidan keyin, Alisher Usmonov EIning sanktsiya roʻyxatiga kiritilgan. Bryusselь uni “vladimir putinga yaqin boʻlgan prokremlyov tadbirkor” sifatida taъriflagan va uning faoliyati “Ukrainaning hududiy yaxlitligi, suvereniteti va mustaqilligiga tahdid solayotgani” aytilgan. Usmonov bu sanktsiyalarga qarshi sudlarda daъvo arizalari kiritib kelmoqda.