Oʻzbekiston Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi IShID safiga qoʻshilmoqchi boʻlgan 17 yoshli yigit va uning 16 tanishini qoʻlga olgani xabar qilindi. Hali maktabni ham tamomlamagan yigit qanday qilib xalqaro terroristik tashkilot taʻʻsiriga tushib qolishi mumkin? Bilimsizlikdanmi, nazoratsizlikdanmi? Oʻzbekning yosh oʻgʻlonining bu yoʻlga kirishida kim aybdor?
Oʻzbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidov Isroil elchisi Gideon Lustigga ravvin Tsvi Kogan vafoti munosabati bilan chuqur hamdardlik bildirdi. Saidov Oʻzbekiston tergovda har BAA va Isroil rasmiylari bilan hamkorlik qilayotganini bildirdi.
Qozogʻiston maxsus xizmatlari qamoqxonada turib qoʻporuvchilik harakatini amalga oshirmoqchi boʻlgan mahbusni ushladi. Jazoni oʻtash joylarida oʻtkazilgan tintuvlar chogʻida oʻtkir tigʻli qurollar, smartfonlar va boshqa ashyoviy dalillar olib qoʻyilgani aytilmoqda.
Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart Tokaevning 2026 yilda boʻlib oʻtadigan BMT bosh kotibi saylovida oʻz nomzodini qoʻyishi mumkinligi xabar qilindi. Bunga Tokaevning soʻnggi vaqtlardagi siyosiy faolligi, xorijiy davlatlarga safarlari hamda BMT bosh kotibi oʻrinbosari lavozimida faoliyat koʻrsatgani asos qilib keltirildi.
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev poytaxtdagi ijro etuvchi hokimiyat organlari - vazirlik va idoralar Yangi Toshkentga koʻchirilishini maʻʻlum qildi. U Yangi Toshkentga katta mashinalar kiritilmasligi, tirbandliklar boʻlmasligi va odamlar bundan katta foyda koʻrishini maʻʻlum qildi.
Oʻzbekiston prezidentining qarori asosida Oʻzbekiston hayotida faol ishtirok etayotgan, respublikada xayriya (metsenat) faoliyatin olib borayotgan xorijdagi vatandoshlar uchun minnatdorchilik va tashakkur belgisi hamda «Vatandosh» kartasini olish uchun asos hisoblanadigan hujjat — «Vatandosh» guvohnomasi beriladigan boʻldi. Uning imtiyozlari va shartlari maʻʻlum qilindi.
Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart Tokaev Ukrainadagi vaziyat keskinlashgani munosabati bilan tegishli idoralarga muhim harbiy va fuqarolik obʻʻektlari xavfsizligini taʻʻminlash boʻyicha shoshilinch choralar koʻrishni topshirdi.
Turkmanistonning Turkmanobod shahrida “Made in Uzbekistan” koʻrgazmasi namoyish etilmoqda. Koʻrgazma ekspozitsiyasi qishloq xoʻjaligi, qurilish, turizm, shuningdek, avtomobilsozlik, kimyo, farmatsevtika, neft-gaz, toʻqimachilik, ipakchilik, charm-poyabzal va oziq-ovqat sanoati kabi yoʻnalishlarni qamrab olgan.
Bir qator davlatlar, jumladan, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Ozarbayjon oʻz fuqarolarini Ukrainani tark etishga chaqirdi. Ukraina Gʻarb taqdim etgan raketalardan Rossiya hududiga zarbalar berishni boshladi. Rossiya bunga javob berishga tayyorlanmoqda.
Oʻzbekiston fuqarolarining Qozogʻiston va Tojikiston chegaralarini ID karta orqali kesib oʻtishi tartibini joriy etish rejalashtirilmoqda. Avvalroq shunday tartib Qirgʻiziston bilan joriy etilgandi.