Qozogʻistonda teraktga tayyorlanayotgan mahbus qoʻlga olindi
Qozogʻiston maxsus xizmatlari qamoqxonada turib qoʻporuvchilik harakatini amalga oshirmoqchi boʻlgan mahbusni ushladi. Jazoni oʻtash joylarida oʻtkazilgan tintuvlar chogʻida oʻtkir tigʻli qurollar, smartfonlar va boshqa ashyoviy dalillar olib qoʻyilgani aytilmoqda.
Qozogʻiston maxsus xizmatlari teraktning oldini oldi va qamoqxonalarda ekstremizm targʻibotini toʻxtatdi. Bu haqda Qozogʻiston Milliy xavfsizlik qoʻmitasi matbuot xizmati xabar berdi.
“22 noyabrʻ kuni Milliy xavfsizlik qoʻmitasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda Olmaota viloyati prokuraturasi bilan kelishilgan holda Olma Ota, Qostanay va Jetisu viloyatlaridagi jazoni ijro etish tizimi muassasalarida 10 nafar radikal diniy mafkura tarafdorlarining faoliyatiga chek qoʻydi”, — deyiladi xabarda.
Dastlabki maʻʻlumotlarga koʻra, sudlanuvchilardan biri qamoqda oʻtirgan holda qoʻporuvchilik harakatiga tayyorgarldik koʻrgan, rrorizmni targʻib qilish va terrorchilik faoliyatini tashkil etishga odamlarni jalb qilishda ishtirok etgan.
Qayd etilishicha, jazoni oʻtash joylarida oʻtkazilgan tintuvlar chogʻida pichoqli qurollar, smartfonlar va boshqa ashyoviy dalillar olib qoʻyilgan.
Ushlanganlardan biri ekstremizda ayblangan boʻlsa, qolganlari qotillik, talonchilik va oʻgʻirlik uchun jazoni oʻtamoqda.
Mazkur shaxslarga nisbatan Qozogʻiston Jinoyat kodeksining 255, 256 va 259-moddalari bilan tergovga qadar tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergov boʻyicha boshqa tafsilotlar oshkor qilinmagan.













