Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev dunyoda turli xatar va tahdidlar avj olib borayotgan hozirgi sharoitda Oʻzbekiston Qurolli Kuchlarining jangovar va maʻʻnaviy salohiyatini oshirishga eʻʻtibor yanada kuchaytirilishini maʻʻlum qildi. U xalqning tinch va erkin hayotini asrash eng muhim vazifa boʻlib qolishini taʻʻkidladi.
AQShning saylangan prezidenti Donalʻd Tramp Medicare va Medicaid federal sogʻliqni saqlash xizmatlari direktori lavozimiga kelib chiqishi turkiyalik boʻlgan shifokor Mehmet Oʻz nomzodini ilgari surganini eʻʻlon qildi. Tramp Amerika sogʻliqni saqlash sohasida jiddiy inqirozga duch kelganini va bu muammolar bilan shugʻullanish uchun Oʻzdan koʻra malakali shifokor yoʻqligini aytdi.
Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasi Ulamolar kengashi kelinning oilasiga beriladigan qalin pulini mahrga tenglashtirish toʻgʻrisida fatvo chiqardi. Shuningdek, kuyov tomonidan beriladigan "ona suti", "ota mehnati" kabi toʻlovlar majburiy emas deb topildi. Mazkur qaror nikohdan oʻtayotgan yoshlarga nisbatan moliyaviy yukni kamaytirish va urf-odatlarni islomiy meʻʻyorlarga moslashtirish maqsadida qabul qilindi.
Qozogʻistonning Aqtau shahri TURKSOY tashkiloti tomonidan 2025 yilda turkiy dunyoning madaniy poytaxti deb eʻʻlon qilindi. Ushbu faxriy unvonga 2024 yilda Turkmanistonning Anau shahri egalik qildi. Yil davomida Aqtauda turli xalqaro tadbirlar, festival, anjuman va boshqalar oʻtkaziladi.
Armaniston tomonidan olib borilayotgan keng koʻlamli harbiylashtirish siyosati, jumladan hind va frantsuz qurollari sotib olinayotgani tufayli Ozarbayjon oʻz mudofaa byudjetini 2 milliard dollarga oshirdi.
Qozogʻiston butun dunyodagi "raqamli koʻchmanchilar" - masofadan ishlovchi axborot texnologiyalari mutaxassislari, biznes-muhojirlar va sayohatchilar uchun viza talablarini soddalashtirdi. Yangi chora-tadbirlar 18 noyabrdan kuchga kirdi.
Turkiy davlatlar tashkilotiga aʻʻzo davlatlar oʻrtasida mushtarak alifbo loyihasi muvaffaqiyatli amalga oshirilgach, mushtarak madhiya va umumiy badiiy lugʻat loyihalari ustida ish boshlandi. Umumiy madhiya turkiy xalqlar tarixidan ilhom olib tayyorlanadi hamda barcha uchun tushunarli va maʻʻnoli boʻladi.
Toshkentda Oʻzbekiston prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari boʻyicha maslahatchisi Muzaffar Komilov, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar, Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi Sodiq Toshboev, shuningdek, olimlar, milliy madaniyat markazlari, turli konfessiya etakchilari, etnik-madaniy birlashmalar ishtirokida diniy bagʻrikenglikka bagʻishlangan xalqaro anjuman boʻlib oʻtdi.
Qozogʻiston mamlakatdagi barcha elektr energiyasining qariyb 70 foizini taʻʻminlaydigan koʻmir elektr stantsiyalarini bosqichma-bosqich yopishga qaror qildi. Bu issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish boʻyicha saʻʻy-harakatlarning bir qismi boʻlib, Bokuda boʻlib oʻtgan SOP-29da OTB va Qozogʻiston energetika vazirligi oʻrtasida memorandum imzolandi. Ushbu tashabbus doirasida koʻmirda ishlaydigan ayrim issiqlik elektr stantsiyalarini muddatidan oldin foydalanishdan chiqarish rejalashtirilgan.