Oʻzbekiston Islom tsivilizatsiyasi markazi Qurʻʻoni karimning oʻzbek tilidagi yangi maʻʻnolar tarjimasini chop etdi. «Anvorul-Qurʻʻon: «Fayzul-Furqon» – oʻzbek tilidagi ettinchi toʻliq tarjima hisoblanadi.
Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Ozarbayjon oʻrtasida yashil energiya ishlab chiqarish va uzatish sohasida strategik sheriklik toʻgʻrisidagi bitim imzolandi. Hujjat Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz davlatlari energetika tizimlarining integratsiyalashuvi, shuningdek, Evropa va boshqa bozorlarga ekologik toza energiya etkazib berish kabilarni koʻzda tutadi.
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev Saudiya Arabistonida boʻlib oʻtgan arab-islom sammitidagi nutqini "Bismillah" bilan boshlab, Yaqin Sharqdagi mojaroga tez fursatda echim topilishi muhimligini taʻʻkidladi - iqtiboslar.
Ozarbayjon poytaxti Bokuda BMTning iqlim oʻzgarishi boʻyicha doiraviy konventsiyasi (COP29) ishtirokchilarining 29-konferentsiyasi doirasida Oʻzbekiston, Turkiya, Ozarbayjon va Qirgʻiziston rahbarlarining rafiqalari uchrashdi. Ular iqlim oʻzgarishlarining ayniqsa yoshlar va bolalar salomatligiga salbiy taʻʻsiriga eʻʻtibor qaratishdi.
Oʻzbekiston masjidlarida faoliyat yuritayotgan imomlar oʻrtasida «Yil imomi – 2024» koʻrik-tanlovining yakuniy bosqichi boshlandi.
TikTok foydalanuvchilari ilovadagi uygʻurlar huquqlari buzilishiga oid videolar ommaviy ravishda oʻchirilgani haqida xabar berishni boshladi. Bundan tashqari, Xitoy siyosatini tanqid qiluvchi kontentlar ham olib tashlanmoqda.
Sirdaryo viloyatidan Misrga mahsulotlar eksportini oshirish rejalashtirilmoqda. Viloyat maʻʻmuriyati vakillari va Misrning Bell Energy kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Xaysam Husayn uchrashuvida bu masalalar koʻtarildi. Tomonlar energetika, suv va qishloq xoʻjaligi, geologiya, farmatsevtika, savdo, zargarlik, asalarichilik va boshqa sohalarda ehtimoliy hamkorlik yoʻnalishlarini ham muhokama qilgan.
Qirgʻizistonda hokimiyatni zoʻravonlik yoʻli bilan egallab olishni rejalashtirishda gumonlanib 7 kishi, jumladan, 3 nafar asli qirgʻizistonlik boʻlgan xorij fuqarosi, shuningdek, sobiq bosh prokuror oʻrinbosari ushlandi. Qoʻlga olinganlardan qurol-yarogʻ, oʻq-dorilar va dronlar musodara qilingan.
«Milliy tiklanish» partiyasi etakchisi Alisher Qodirov Oʻzbekistonda LGBT targʻibotini taqiqlovchi qonun ustida ish olib borilayotganini maʻʻlum qildi. U AQShning saylangan prezidenti Donalʻd Trampning LGBTni taqiqlash haqidagi vaʻʻdalariga ishora qilib, «xastalikning oʻchogʻidagi oʻzgarish juda yaxshi» ekanini taʻʻkidladi.
«Forish» poligonida Oʻzbekiston va Qozogʻiston harbiy xizmatchilarining «Xanjar-2024» taktik oʻquv mashgʻulotlari boshlanedi. Mashgʻulotlarda turli jangovar qurollardan otish va shartli aholi punktida jang olib borish harakatlarini mashq qiladi.