Prezident Shavkat Mirziyoev urushda jabrlangan falastinlik bolalar va ayollarni Oʻzbekiston shifoxonalarida begʻaraz davolashga tayyor ekanini taʻʻkidladi. Falastin xalqiga amaliy yordam koʻrsatish masalalarini kelgusi yili Samarqandda oʻtadigan “Koʻrfaz arab davlatlari – Markaziy Osiyo” sammitida ham muhokama qilish niyati bildirildi.
Qibrayda Komil Allamjonovning avtomashinasi oʻqqa tutilishi ortidagi mojarolar hamon tingani yoʻq. Vaziyatga hatto Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning shaxsan oʻzi aralashdi. U mazkur suiqasdni uyushtirishda "qoʻli yoʻqligi", mabodo aralashadigan boʻlsa "ishni oxirigacha etkazishi va 100% natijaga erishishi"ni ham qoʻshimcha qildi. Oxirgi paytda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning "xizmatkorlari" Oʻzbekistonning ichki ishlariga tap tortmasdan aralashayotgani bizni xavotirga solishi kerak emasmi? Ularni tiyib qoʻyadigan payt kelmadimikin?
Shavkat Mirziyoev Gʻazo va Livandagi vaziyatning keskinlashuvi hamda Yaqin Sharqdagi mojaroga echim topishga bagʻishlangan Arab-islom sammitida ishtirok etish uchun Saudiya Arabistoniga uchib ketdi. Shuningdek, prezident Ozarbayjonda 12−13 noyabrʻ kunlari Ozarbayjonda boʻlib oʻtadigan BMTning Iqlim oʻzgarishi boʻyicha konferentsiyasida ham qatnashadi.
Gʻazo qirgʻinida Isroilni dastaklaganlikda ayblanayotgan Coca-Cola kompaniyasining Turkiya va Pokistondagi savdosi boykotlar sababli mos ravishda 12,2 va 22,9 foizga qisqardi.
Ozarbayjonda Shusha shahri Armaniston ishgʻolidan ozod qilingan 8 noyabrda Gʻalaba kuni sifatida nigonlanadi. 2020 yilning 27 sentyabridan 9 noyabriga qadar davom etgan 44 kunlik urushda Ozarbayjon armiyasi 5 ta shahar, 4 ta shaharcha, 286 dan ortiq qishloq hamda strategik ahamiyatga ega qator hududlarni ozod qilgan edi.
Sharqiy Turkistonda 2014 yilgi voqealar ortidan qoʻshnilariga Qurʻʻoni karimni oʻrgatgan ayol 10 yil muddatga qamalgandi. Jazo muddati tugaganidan soʻng ozodlikka chiqqan ayol yana ushlanib, "Qurʻʻon oʻqitish orqali Xitoyni parchalash" aybi bilan 14 yilga ozodlikdan mahrum etildi.
Oʻzbekistonda maʻʻrifiy faoliyatni amalga oshirish tartibini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi. Maʻʻrifiy faoliyat nima, ushbu faoliyat bilan kimlarning shugʻullanishi taqiqlandi, qanday jazo choralari belgilandi?
Bishkekda boʻlib oʻtgan Turkiy davlatlar tashkilotiga aʻʻzo mamlakatlar davlat rahbarlari sammitida tuzilmaning yangi bayrogʻi qabul qilindi. Unda Saljuqiylar yulduzi yoki oʻgʻuzlar yulduzi nomi bilan mashhur sakkiz qirrali yulduz eski bayroqdagi oy, yulduz va quyosh tasvirlarini oʻz ichiga olgan.