Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev Bishkekda boʻlib oʻtayotgan Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) sammitida nutq soʻzladi. U oʻz nutqida Yaqin Sharqdagi vaziyatga ham toʻxtalib, Isroil tomonidan YuNRVA faoliyatining cheklanganini keskin qoraladi. Shuningdek, Shavkat Mirziyoev TDK faoliyatini kengaytirish boʻyicha bir qator takliflarni ilgari surdi.
Turkiya «yashil» loyihalarni amalga oshirish evaziga Qirgʻizistonning 58,8 mln dollarlik tashqi qarzidan kechdi. Shuningdek, Turkiya va Qirgʻiziston oʻrtasida 19 ta hujjat imzolandi. Turkiyaning İhlas Holding xoldingi bilan energetika sohasida 7 mlrd dollarlik kelishuvga erishildi.
Ukrainadagi urushda Rossiya qoʻshinlari safida ishtirok etgan 51 yoshli Oʻzbekiston fuqarosi besh yil muddatga qamaldi. Uning ukrain droni tomonidan tashlangan snaryad portlashi oqibatida jarohatlangani maʻʻlum boʻldi.
Qozogʻiston Istanbul va Dubay orqali Livandagi 40 dan ortiq fuqarosini evakuatsiya qildi. Amaliyot jangovar hududda qolgan Qozogʻiston fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida amalga oshirilgan.
Xitoyning CNOS kompaniyasi Oʻzbekistonda kichik modulli reaktorlarini qurishi mumkin. Shuningdek, uran rudasini qazib olish, qayta ishlash va yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor mahsulotlarni eksport qilish hamda keyinchalik AESlarda yoqilgʻidan foydalanish boʻyicha hamkorlik rejalashtirilmoqda.
6 noyabrʻ kuni Bishkekda Turkiy davlatlar tashkiloti davlat rahbarlarining 11-sammiti boʻlib oʻtadi. Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov mezbonlik qiladigan sammitda Ozarbayjon, Qozogʻiston, Turkiya va Oʻzbekiston prezidentlari ishtirok etadi.
Turkiya hukumati “xorijiy agentlar” toʻgʻrisidagi qonunni qabul qilishni rejalashtirmoqda. Agar qonun qabul qilinsa, uni buzganlar etti yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin. Fuqarolik jamiyati, ommaviy axborot vositalari va muxolifat vakillari yangi qonundan norozilikni bostirish uchun foydalanish mumkinligidan xavotir bildirishmoqda, deb yozdi Yeni Şafak nashri Bloomberg agentligiga tayanib.
Samarqandda avtobus salonini ayollar va erkaklar qismiga ajratgan haydovchi intizomiy jazoga tortildi. U «yoʻlovchilarning erkin harakatlanishini cheklagan»likda ayblangan.