Gʻarbning 15 davlati Xitoydan hibsga olingan barcha uygʻurlar va tibetliklarni ozod qilish hamda huquq faollariga yashash joylariga borishiga ruxsat berish talab qilingan ommaviy bayonotni imzoladi.
Bugun – 29 oktyabrʻ kuni Turkiya Respublikasi tashkil etilganining 101 yilligi keng nishonlanmoqda. Mustaqillik va millatning yangidan tiklanish ramzi boʻlgan bu kun Turkiyada xalq bayrami sifatida har yili katta tantanalar bilan oʻtkaziladi. Ushbu bayram munosabati bilan butun turk xalqini samimiy tabriklaymiz.
27 oktyabrʻ kuni Oʻzbekistonda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda xalq deputatlari kengashlari uchun saylov boʻlib oʻtdi. Unda 19 milliondan ortiq saylovchi ovoz berdi. Bu yilgi saylovlar oʻzining bir qancha xususiyatlari bilan avvalgisidan farqli boʻldi.
Oybek Usmonov Oʻzbekistonning Afgʻonistondagi elchisi etib tayinlandi. U bunga qadar Misr va Pokistonda elchi boʻlib ishlagan.
Sudanda RSF tomonidan urib tushirilgan va Qirgʻizistonga aloqadorligi aytilgan yuk samolyoti qamaldagi El-Fasher shahrida joylashgan mamlakat armiyasini qurol-yarogʻ bilan taʻʻminlagan. Halok boʻlgan rossiyaliklardan birining mashhur rus qurol sotuvchisi Viktor But bilan aloqador tadbirkor ekani maʻʻlum boʻldi.
Evroparlament Ozarbayjondagi vaziyat, inson huquqlari va xalqaro huquqning buzilishi, shuningdek, Armaniston bilan munosabatlarga oid rezolyutsiyani qabul qildi. Rezolyutsiyada arman ishgʻolidan ozod qilingan hududlardan harbiylarini olib chiqib ketish talab qilingan. Ozarbayjon TIV ushbu hujjatda keltirilgan talablardan norozi boʻlib, EI elchisini chaqirdi.
Oʻzbekistonning Eriell kompaniyasi Afgʻoniston shimolidagi Jauzjon va Faryob viloyatlaridagi Tuti-Maydon uchastkasida tabiiy gazni qidirish va qazib olish. 10 yillik shartnoma taxminan 1 milliard dollarlik sarmoyani oʻz ichiga oladi.
Anqaradagi qoʻporuvchilik harakatidan soʻng Turkiyadagi barcha aeroportlarda toʻq sariq rangli ogohlantirish eʻʻlon qilinib, xavfsizlik choralari kuchaytirildi. Oʻzbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi mamlakat fuqarolarini Turkiyada joriy qilingan ehtiyot va xavfsizlik choralariga rioya qilishga chaqirdi.
Qozon shahrida boʻlib oʻtgan BRIKS sammiti davomida 13 ta davlat, jumladan, Oʻzbekiston, Turkiya, Qozogʻiston va Belarusʻ birlashmaning hamkor davlatlari maqomini oldi. Bu klubga qoʻshilish yoʻlidagi majburiy bosqich hisoblanadi.
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev Rossiyada boʻlib oʻtgan “BRIKS plyus” formatidagi sammitda nutq soʻzladi. Davlat rahbari oʻz nutqida Oʻzbekiston BRIKS davlatlari bilan sheriklik aloqalarini faol rivojlantirish niyatida ekanini bildirdi. Shuningdek, Oʻzbekistonning BRIKS bilan bogʻliq rejalari hamda Yaqin Sharqdagi vaziyatga ham toʻxtaldi.