Oʻzbekistonda maʻʻrifiy faoliyat olib borish cheklandi – maʻʻrifiy faoliyat nima?
Oʻzbekistonda maʻʻrifiy faoliyatni amalga oshirish tartibini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi. Maʻʻrifiy faoliyat nima, ushbu faoliyat bilan kimlarning shugʻullanishi taqiqlandi, qanday jazo choralari belgilandi?
Oʻzbekiston
prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan 5 noyabrda imzolangan qonun bilan ayrim
qonun hujjatlariga maʻʻrifiy faoliyatni amalga oshirish tartibini belgilashga
qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritildi.
Hujjatda qayd
etilishicha, “keyingi yillarda ayniqsa yoshlar oʻrtasida nosogʻlom maʻʻrifiy ishlarni
amalga oshirish hollari koʻpayib, bunday tadbirlar doirasida aholining va
yoshlarning ongiga, madaniyatiga va his-tuygʻulariga begona boʻlgan turli yot
qarashlar va gʻoyalar singdirilmoqda”.
Hozirgi vaqtda mazkur sohaga aholining qiziqishi kuchayib
borayotganligi hamda u bu borada faoliyat yurituvchi shaxslarning asosiy daromad
manbaiga aylanib borayotganligi sohani huquqiy jihatdan tartibga solish
zaruriyatini yuzaga keltirmoqda.
Maʻʻrifiy
faoliyat – shaxsning shaxsiy, intellektual va maʻʻnaviy jihatdan kamol topishi,
ijtimoiy va iqtisodiy faolligini oshirish, intellektual va ijodiy salohiyatini
namoyon etish, individual salohiyatini, imkoniyatlarini, muloqot qilish
qobiliyatlarini yaxshilash uchun zarur koʻnikmalar va malakalarni shakllantirishga
qaratilgan, davlat taʻʻlim standartlari bilan qamrab olinmaydigan faoliyat turi
hisoblanadi.
Qonun
bilan quyidagi shaxslarning maʻʻrifiy faoliyat bilan shugʻullanishi taqiqlandi:
jinoyat
ishi boʻyicha ayblanuvchi tariqasida jalb qilingan shaxslar (sud hukmi qonuniy kuchga
kirguniga yoki reabilitatsiya qiluvchi asoslar boʻyicha jinoiy javobgarlikdan ozod
qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilinguniga qadar);
quyidagi
jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganlik holati olib tashlanmagan yoki
tugallanmagan shaxslar;
jinsiy
erkinlik, oila, yoshlar va axloqqa qarshi, tinchlik va insoniyat xavfsizligiga
qarshi, Oʻzbekiston Respublikasiga qarshi;
boshqaruv
tartibiga qarshi;
giyohvand
vositalar, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarning qonunga xilof
muomalasi bilan bogʻliq;
sud
tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan
shaxslar;
ruhiy yoki
narkologik muassasalarda hisobda turgan shaxslar.
Shuningdek,
Maʻʻmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksda maʻʻrifatchilikni koʻrsatish tartibini
buzganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda.
Xususan,
bunday faoliyat bilan shugʻullanish huquqiga ega boʻlmagan shaxs tomonidan maʻʻrifiy
faoliyatni amalga oshirish yoxud jinoyat alomatlari mavjud boʻlmagan taqdirda
maʻʻrifiy faoliyatni amalga oshirishga doir qonun hujjatlarida belgilangan
cheklovlarga rioya etmaslik fuqarolarga BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha,
mansabdor shaxslarga esa 10 baravaridan 15 baravarigacha miqdorda jarima solishga
sabab boʻladi.
Maʻʻmuriy
jazo qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida xuddi shunday huquqbuzarlik sodir
etilsa, fuqarolarga BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha (3,4 million soʻmdan
5,1 million soʻmgacha), mansabdor shaxslar esa BHMning 15 baravaridan 20
baravargacha (5,1 mln soʻmdan 6,8 mln soʻmgacha) jarimaga tortiladi. Hujjat Qonun
hujjatlari maʻʻlumotlari milliy bazasida eʻʻlon qilingan va 2025 yil 6
fevraldan kuchga kiradi.
Mazkur
qonun loyihasi “Milliy tiklanish” partiyasi tomonidan ishlab chiqilgan boʻlib,
maʻʻruza oʻqib, oson pul topish yoʻllarini oʻrgatishga vaʻʻda bergan shaxslarga qarshi
kurashishga qaratilgan.
OʻzLiDeP
deputati Shahnoza Xolmahamatova esa soʻnggi vaqtlarda koʻpxotinlilik, jinsiy
kamsitish, feminizm, axloqiy buzuqlik, huquqbuzarliklar targʻib qilinib,
tinglovchilar ongini manipulyatsiya qilish holatlari koʻpayib borayotganini keltirgan.
Xulosa
qilib aytish mumkinki, Oʻzbekistonda mazkur qonunning qabul qilinishiga aslida hech
qanday zarurat yoʻq. Chunki mavjud normalar qonunga zid maʻʻrifiy faoliyatni olib
borishni cheklaydi va tegishli jazo choralarini koʻzda tutadi. Qabul qilingan qonun
esa birinchi navbatda ijtimoiy tarmoqlarda maʻʻrifiy faoliyatini olib borayotgan
shaxslar erkinligini cheklashga va “istalmagan” faollarni taqib qilishga
qaratilgan.













