Xoʻjaobod tuman IIB boshligʻi Rustam Jaloliddinov oʻz sektori hududida joylashgan maktablarning "qizil toifa"ga kiritilgan 18 nafar oʻquvchisi bilan “suhbat“ oʻtkazdi. Ular orasida hijob oʻragan qizlar ham bor.
Qirgʻizistonda kelgusi yilning apreliga qadar mamlakatning yangi madhiyasi qabul qilinishi kerak. Bu haqda madhiyani oʻzgartirish tashabbusi bilan chiqqan Jogorku Keneshi spikeri (parlament raisi) Nurlanbek Shakiev davlat madhiyasini oʻzgartirish masalasiga bagʻishlangan yigʻilishda maʻʻlum qildi.
AQSh Moliya vazirligi Urganchdagi etimxonaning kamida uch nafar tarbiyalanuvchisini muntazam zoʻrlagani uchun qamalgan sobiq amaldorlar va Mehribonlik uyi rahbariga inson huquqlarini jiddiy buzgani uchun sanktsiyalar kiritdi.
Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Baxromjon Aʻʻloev BAA elchisi Said Matar al-Qamziyni qabul qildi. Uchrashuvda Abu-Dabi aeroportida oʻzbekistonlik erkak fuqarolarning hibsga olinishi bilan bogʻliq vaziyat muhokama qilindi.
Ozarbayjonda Made in Turan brendi ostidagi mahsulotlar taqdimoti boʻlib oʻtdi. Turkiy davlatlarning umumiy tovar belgisi ostida ishlab chiqarilgan ilk mahsulotlar milliy taomlar va kiyim-kechaklar boʻlishi maʻʻlum qilindi.
Qirgʻiziston Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasining Bishkekda ochilgan yangi binosida xodimlar uchun namozxona tashkil etildi. Boʻlimga tashrif buyurgan MXDQ raisi Qamchibek Tashiev xavfsizlik xodimlarini mamlakat kelajagi uchun ishlash, qonunlarni buzmaslikka chaqirdi.
Uygʻur musulmon ozchiligini majburiy mehnatga jalb qilishda ayblanayotgan Germaniyaning Volkswagen avtomobilʻ ishlab chiqaruvchisi Shinjon-Uygʻur avtonom rayonidagi (Sharqiy Turkiston) zavodini sotishni yakunladi
Toshkent viloyatining Zangiota tumanida 100 gektar maydonda Ostim oʻzbek-turk sanoat zonasi ishga tushirildi. Ushbu loyihaning qiymati 150 mln dollarni tashkil etib, hududda savdo markazi, poliklinika, maktab, mehmonxona, tadqiqot va sertifikatlash boʻyicha ilmiy markaz hamda ishlab chiqarish korxonalari uchun zarur kasblarga oʻrgatadigan kasb-hunar kolleji kabi ijtimoiy obʻʻektlar qurilishi rejalashtirilgan.
Turkiyada qalbaki dollarlar bilan bogʻliq yirik inqiroz avj oldi. Mutaxassislarning fikricha, mamlakat bozorida 600 millionga yaqin qalbaki dollarlar mavjud boʻlib, ularning aksariyati 50 va 100 dollar nominalida. Qalbakilik darajasi shunchalik yuqoriki, hatto bankomatlar, pul hisoblash mashinalari va koʻplab mutaxassislar soxtani asl nusxadan ajrata olmayapti.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin davlat tashrifi bilan Qozogʻistonga keldi. Tashrif arafasida Ostonada yoʻllar yopildi, harbiy samolyotlar havoga koʻtarilib, Rossiya bayrogʻi tasvirini hosil qildi. "Oqoʻrda" qarorgohida Qozogʻiston prezidenti bilan muzokaralarning asosiy mavzusi energetika sohasi boʻldi. Bugun Ostonada KXOʻT sammiti boʻlib oʻtadi.