Ijtimoiy tarmoqlarda Suriyadagi urush harakatlarini yoritib borayotgan Abu Valid taxallusli oʻzbekistonlik yigit Konstitutsiyaviy tuzumga tajovuz qilish, terrorchilik faoliyatini amalga oshirish va boshqa ayblovlar bilan qidiruvda ekani maʻʻlum qilindi.
Oʻzbekistonda uy qamogʻiga hukm qilinganlarga elektron braslet taqish va ularni masofadan kuzatish tartibi tasdiqlandi. Elektron brasletlar 2025 yil boshidan bosqichma-bosqich joriy etiladi.
Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov Evropa davlatlari va Qoʻshma Shtatlarni Afgʻonistonning "Tolibon" vakili boʻlgan amaldagi hukumatini tan olishga va “muzlatilgan” aktivlarni qaytarishga chaqirdi. "Istaymizmi yoki yoʻqmi, mamlakatni "Tolibon" boshqaradi. Buni inkor etib boʻlmaydi. Bir qator davlatlar, jumladan biz ham "Tolibon"ni taqiqlangan tashkilotlar roʻyxatidan chiqarib tashladik”, — dedi u.
Xalqaro islom akademiyasi rektori lavozimida ishlagan Uygʻun Gʻafurov Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutiga rahbar etib tayinlandi. Institutning sobiq rektori esa Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi oʻrinbosari boʻldi.
Afv etilganlarning 25 nafarini chet el fuqarolari, 32 nafarini ayol, 5 nafarini 60 yoshdan oshgan erkaklar, 274 nafarini yoshlar (shulardan, 104 nafari voyaga etmaganlar) hamda 6 nafarini taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan shaxslar tashkil etadi.
25 noyabrʻ kuni Dubayda mehnat qilayotgan bir guruh Oʻzbekiston fuqarolari politsiya tomonidan olib ketilgan. Politsiya holat boʻyicha hech qanday izoh bermagan, ushlab turilganlar bilan bilan hech kim gaplasha olmayapti.
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev Xalqaro atom energiyasi agentligi bosh direktori Rafaelʻ Grossini qabul qildi. Uchrashuvda tinch atom sohasini rivojlantirish boʻyicha hamkorlikni kengaytirish yuzasidan qoʻshma «yoʻl xaritasi»ni qabul qilish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Qirgʻiziston va Tojikiston oʻrtasidagi davlat chegarasida koʻplab qurolli toʻqnashuvlar va qurbonlar bilan kechgan uzoq muddatli mojaro barham topdi. Bu yutuq Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov davrida boshlangan jadal muzokaralar, diplomatiya va tinchlik tashabbuslari natijasi boʻldi
AQSh Davlat departamenti Qozogʻiston hukumati bilan respublika sharqida litiy va boshqa nodir metallarni birgalikda qidirish boʻyicha kelishuvga erishdi.