Japarov Evropa davlatlari va AQShni Afgʻonistonning amaldagi hukumatini tan olishga chaqirdi
Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov Evropa davlatlari va Qoʻshma Shtatlarni Afgʻonistonning "Tolibon" vakili boʻlgan amaldagi hukumatini tan olishga va “muzlatilgan” aktivlarni qaytarishga chaqirdi.
Bu haqda Qirgʻiziston rahbari Turkiyaning TRT telekanaliga bergan intervʻyusida maʻʻlum qildi.
“Oʻzingizga maʻʻlumki, 2021 yilda Afgʻonistonda “Tolibon” harakati etakchilari hokimiyat tepasiga keldi. Ular bugungi kungacha mamlakatni boshqarishda davom etmoqdalar. Biz istaymizmi yoki yoʻqmi, fakt oʻzgarishsiz qolmoqda – mamlakatni "Tolibon" boshqaradi. Buni inkor etib boʻlmaydi. Bir qator davlatlar, jumladan biz ham "Tolibon"ni taqiqlangan tashkilotlar roʻyxatidan chiqarib tashladi”, — dedi Japarov.
Shuningdek, u afgʻon xalqi uzoq yillardan buyon urush va uning oqibatlaridan azob chekib, qiyinchiliklarni boshidan kechirayotganini taʻʻkidladi.
“Afgʻoniston bilan toʻgʻridan-toʻgʻri chegaramiz boʻlmasa-da, bu qoʻshni davlatimizga tegadi. Shuning uchun u erdagi vaziyatning yomonlashuvi bizni maʻʻlum darajada xavotirga solmoqda”, — dedi prezident.













