Adliya vazirligi Maʻʻnaviyat va maʻʻrifat markazining mediamahsulotlar, jumladan, ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlarni «maʻʻnaviyat ekspertizasi»dan oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarori vatandoshlarning huquq va manfaatlariga daxl qilishi mumkinligini aniqladi. Ushbu qaror davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan va yuridik kuchga ega emasligi maʻʻlum qilindi.
Oʻzbekiston fuqarolarining huquqlari va manfaatlarini himoya qilish, jinoyatchilikka qarshi kurashish va Rossiya huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikni mustahkamlash maqsadida Moskvadagi elchixona shtatida yangi lavozim tashkil etildi.
AQSh davlat kotibi Entoni Blinken Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdogʻan bilan Anqarada Suriyadagi siyosiy vaziyatni barqarorlashtirish boʻyicha saʻʻy-harakatlarni muhokama qilishdi. Uchrashuvda, shuningdek, Suriyada masʻʻuliyatli va inklyuziv hukumatga siyosiy oʻtishni qoʻllab-quvvatlash muhimligi taʻʻkidlandi.
Qirgʻizistonning Bishkek shahrida "Krishna ongi" jamiyati tomonidan oʻzini oʻzi rivojlantirish kurslari niqobi ostida anjuman tashkil etilgani maʻʻlum boʻldi. Tadbirga 300 ga yaqin ishtirokchi yigʻilgan. Qirgʻiziston tadbir tashkilotchilariga jarima soldi.
Oʻzbekiston "zamonaviy voqelikdan kelib chiqib", ommaviy tartibsizliklarni tashkil etish maqsadida "onlayn yoki oflayn" taʻʻlim olish va ularni moliyalashtirganlik uchun javobgarlik kiritilmoqda. Bunday jinoyat 225 mln soʻmgacha jarima yoki 7 yilgacha qamoq jazosiga sabab boʻlishi mumkin.
Qirgʻizistonlik deputat Jaloliddin Nurboev uyma-uy yurib odamlarni Islomga daʻʻvat qilishga qonunan ruxsat berilishini soʻradi.
BMT Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi Oʻzbekistonning qurolli mojaroli hududlardan qaytgan fuqarolarni reintegratsiya qilish (qayta moslashtirish) tajribasini xalqaro darajada ilgʻor namuna sifatida baholadi va uni boshqa mintaqalarda ham joriy etishni taklif qildi.
Oʻzbekistonda fuqarolarga oʻziga kredit ajratilishini taqiqlash imkoniyati berilmoqda. Bu, asosan, moliyaviy xavfsizlikni oshirish va onlayn firibgarlikka qarshi kurashga xizmat qiladi.
Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasi namoz oʻqish vaqtida yoʻllarni toʻsib qoʻyish holatlari bilan bogʻliq vaziyat yuzasidan murojaat bilan chiqdi. Muftiyatning bayonotiga koʻra, yoʻl oʻrtasida namoz oʻqish Islom qoidalariga zid boʻlib, boshqa insonlar uchun qiyinchilik tugʻdirish qabul qilinmaydigan holatdir. Muftiyatning ushbu murojaati juma namozi vaqtida Olmaota markaziy masjidida yuzaga kelgan holat sababli eʻʻlon qilindi.
Turkiya Milliy Razvedka Tashkiloti (MİT) Suriyaning Qamishli shahrida PKK/YPG terror tashkilotiga qarshi yirik operatsiya oʻtkazdi. Operatsiya natijasida Asad rejimiga tegishli boʻlgan va terrorchilar tomonidan qoʻlga olingan qurol-yarogʻlar yoʻq qilindi.