Oʻzbekiston fuqarolarining huquqlari va manfaatlarini himoya qilish, jinoyatchilikka qarshi kurashish va Rossiya huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikni mustahkamlash maqsadida Moskvadagi elchixona shtatida yangi lavozim tashkil etildi.

Shu munosabat bilan, elchixonada birinchi kotib — Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligi (IIV) vakili lavozimi joriy etildi. Ushbu tashabbus prezident Shavkat Mirziyoevning 13 dekabrdagi elchixonalar faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha qaroriga muvofiq amalga oshirilgan.

Ichki ishlar vazirligi vakili quyidagi vazifalarni bajaradi:

Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasida jinoyatchilikka qarshi kurash va jamoat xavfsizligini taʻʻminlash sohasida hamkorlikni mustahkamlash;

Uyushgan jinoyatchilik, terrorizm, ekstremizm, odam savdosi va noqonuniy migratsiya kabi muammolarga qarshi chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish;

Oʻzbekiston fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish masalalarida konsullik faoliyatiga koʻmaklashish;

Jinoyatchilik va huquqbuzarliklar boʻyicha murojaatlarni qabul qilish hamda Oʻzbekiston qonunchiligiga muvofiq koʻrib chiqish.

IIV vakili Rossiya Ichki ishlar vazirligi bilan yaqin hamkorlikda ishlab, tezkor maʻʻlumot almashinuvi va jinoyatlarni fosh etish boʻyicha hamkorlikni tashkil etadi.

Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri tomonidan prezident bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. Vakolatlari boʻyicha IIV vakili Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligiga hisobdor hisoblanadi.

Bu tashabbus Rossiyadagi Oʻzbekiston fuqarolarining manfaatlarini himoya qilish va ikki davlat oʻrtasidagi xavfsizlik hamkorligini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

Mavzuga aloqador