Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev 12 sentyabrʻ kuni Turkiya tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan, ichki ishlar vaziri Ali Erlikaya va Milliy razvedka xizmati direktori Ibrohim Qalinni qabul qildi. Uchrashuvda xavfsizlikka zamonaviy tahdid va xatarlarga qarshi kurashish boʻyicha idoralararo hamkorlikni kuchaytirish va qoʻshma tadbirlar oʻtkazishga alohida eʻʻtibor qaratildi.